Mixail Yarovinskiy
Mixail Yarovinskiy | |
---|---|
Tavalludi |
8-iyun 1937-yil Toshkent, SSSR |
Vafoti |
16-sentyabr 2007-yil Moskva |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Ilmiy darajasi | tibbiyot fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mixail Yakovlevich Yarovinskiy (1937-yil 8-iyun, Toshkent – 2007-yil 16 sentyabr, Moskva) – tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha tarixchi, tibbiy etika boʻyicha mutaxassis, tibbiyot fanlari doktori (1990), tibbiyot tarixi va madaniyatshunoslik kafedrasi professori. I. M. Sechenov nomidagi Moskva Tibbiyot Akademiyasi, Rossiya Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi. Rossiyada sogʻliqni saqlashni tashkil etish, sogʻliqni saqlash taʼlimi va tibbiyot tarixi muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar va nashrlar muallifi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mixail Yakovlevich Toshkentda tavallud topgan[1]. Bolaligida aktyor boʻlishni orzu qilar edi, lekin Toshkent tibbiyot institutining sanitariya-gigiyena fakultetiga oʻqishga kirdi va uni 1961-yilda tugatdi.
Mixail 4-kurs talabasi boʻlganida Toshkent televideniyesida SSSRdagi birinchi dastur boʻlgan „Zdarovye“ telejurnalini yaratdi.
1961–1973-yillarda Oʻzbekiston SSSR Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika sogʻliqni saqlash taʼlimi uyida ishlagan[1].
Yarovinskiy 1967-yilda VGIKning ssenariy fakultetini sirtqi boʻlimini tamomlagan va bir qancha ilmiy-ommabop filmlarga rejissyorlik qilgan.
Mixail 1973-yilda Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligini tashkil qildi va unga rahbarlik qildi. 1974-yilda mamlakatdagi birinchi tibbiy etika va deontologiya kurslaridan birini tashkil qildi[2]. 1974-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi[3].
Yarovinskiy 1975-yilda B. D. Petrov Tibbiyot fanlari akademiyasining Butunittifoq Tibbiyot tarixi muzeyini tashkil etish uchun Moskvaga taklif qilindi[2]. Biroq, bu reja amalga oshmadi.
Tibbiyot fanlari doktori Mixail 1990-yilda Moskva sogʻliqni saqlash tarixi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi[4]. Uning materiallari „Zdravooxraneniye Moskvi“ (1988) va „Veka Moskvi Meditsinskoy“ (1997) monografiyalariga asos boʻldi.
1991-yilda I. M. Sechenov nomidagi MMA Tibbiyot tarixi va madaniyatshunoslik kafedrasida klinik va ekologik bioetika kursini yaratgan. U hayotining soʻnggi kunlarigacha shu kursni boshqargan. Yarovinskiyning asosiy ilmiy ishlari tibbiy etika va Moskva sogʻliqni saqlash tarixiga bagʻishlangan.
Mixail Moskvada Tarusskaya koʻchasida yashagan[2].
2007-yilda vafot etgan va Xovanskoye qabristoniga dafn etilgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Доброта спасет мир | www.mgzt.ru“. www.mgzt.ru. Qaraldi: 2023-yil 6-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Московская энциклопедия. Том 1: Лица Москвы. Книга 5: У–Я. М.: ОАО «Московские учебники», 2012.
- ↑ Яровинский М.Я. Влияние социально-гигиенических факторов на санитарную культуру населения Узбекистана и изучение эффективности некоторых форм и методов гигиенического обучения и воспитания [Текст] : Автореферат дис. на соискание ученой степени кандидата медицинских наук. (14.00.33) / Ташк. ин-т усовершенствования врачей. - Ташкент : [б. и.], 1974.
- ↑ Яровинский М.Я. Основные этапы, направления и тенденции развития здравоохранения в Москве за годы Советской власти: автореферат диссертации на соискание степени доктора медицинских наук : 14.00.33; 07.00.10 / Центр. ин-т усоверш. врачей. - Москва, 1990. - 44 с.
- ↑ „Московские могилы. Яровинский Михаил Яковлевич (1937 – 2007)“. 2021-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.