Michoakan
| |||
Shtat | |||
---|---|---|---|
Tarkibida | 113 munitsipalitet | ||
Maʼmuriy markazi | Moreliya | ||
Yirik shahari | Moreliya | ||
Asos solingan sanasi | 14-oktabr 1824 | ||
Gubernator | Fausto Velexo Figeroa (Fausto Vallejo Figueroa), PRI с 15.02.2012 | ||
Rasmiy tillar | ispan | ||
Aholi (2010) | 4 351 037 | ||
Zichligi | 72,68 kishi./km² | ||
Millatlar tarkibi | Metislar, purepechi, масауа, asteklar, oqlar. | ||
Dinlar tarkibi | katoliklar (94,8 %), protestantlar и evangellar (1,9 %), boshqa xristianlar. provaslavlar (1,1 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,2 %), ateistlar vaagnostiklar (1,3 %). | ||
Maydoni | 59 864 km² (16-oʻrin) | ||
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
3840 m | ||
Kengligi | 20º 24' — 17º 55' N | ||
Uzunligi | 100º 04' — 103º 44' E | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-6 | ||
Kod ISO 3166-2 | MX-MIC | ||
Internet domeni | .mx | ||
Rasmiy sayti | http://www.michoacan.gob.mx/ | ||
Xaritada | |||
19°10′07″N 101°53′59″W / 19.16861°N 101.89972°W |
Michoakan, Michoakande-Okampo — Meksikaning janubi-gʻarbiy qismidagi shtat. Tinch okean sohilida, Lerma va Balsas daryolari havzasida joylashgan. Maydoni 59,9 ming km². Aholisi 3979 ming kishi (2000). Maʼ-muriy markazi — Moreliya shahri Michoakan hududining yarmidan ortiq qismi Meksika togʻligining janubi-gʻarbiy chekkasidagi koʻllar qavzasidan iborat. Sohil boʻylab Syerrade-Koalkoman tizmalari (eng baland joyi 2764 m) joylashgan. Seysmik faol hudud. Ikdimi togʻtropik iqlim. Meksika togʻligida oʻrtacha oylik temperaturalar 20°, yillik yogʻin 900 mm. Ichki rayonlarda chala choʻl oʻsimliklari, togʻlarda sernam barg toʻkuvchi va doim yashil tropik oʻrmonlar oʻsadi.
Iqtisodiyotning asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Sugʻoriladigan yerlarda paxta, sholi, shakarqamish, qulupnay, kartoshka, sabzavotlar, gladiolus (eksport uchun) ekiladi. Uruapan shahri atroflarida kofe, Balsas daryosi quyilish joyida tropik mevalar yetishtiriladi. Togʻlarda makkajoʻxori, dukkakli ekinlar ekiladi. Baliq ovlanadi. Kimyo, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. Sohil boʻylab portlar, kema verfi, metallurgiya kombinati qurilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |