Kontent qismiga oʻtish

Master the GRE

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Master the GRE
Muallif(lar) bir nechta
Til inglizcha
Janr(lar)i GRE
Nashr etilgan sanasi 1990
Nashriyot „Peterson's“

„Master the GRE“ (tarjimasi „GREni oʻzlashtiring“) shuningdek — GRE testiga tayyorlanish boʻyicha „Peterson's“ nashriyoti tomonidan chop etiladigan qoʻllanma. Ayrim nashrlari „Master the GRE CAT“ va „Master the GRE General Test“ deb nomlangan. Qoʻllanmaning ilk nashri 1990-yil chop etilgan[1]. 2024-yilga qadar 26 marta qayta nashr qilingan[2]. GRE testiga hozirlanadigan talabalar orasida keng qoʻllanadi[manba kerak].

Asarning turli nashrlariga turli shaxslar, jumladan, Thomas H. Martinson, Mark A. Stewart va Margaret Moranlar mualliflik qilgan. U olti boʻlimga boʻlingan boʻlib, ularda test haqida umumiy maʼlumot, bir diagnostik hamda uch mashq testi va testning „Analitik yozish“ (inglizcha: Analytical Writing), „Yozma fikrlash“ (inglizcha: Verbal Reasoning), „Matematik fikrlash“ (inglizcha: Quantitative Reasoning) boʻlimlari haqida maʼlumot berilgan.

Nashr Nomlanishi Yil Muallif
1 1990
2 1991
3 1994
4 1995
5 1997
6 1998
7 1999
8 Master the GRE CAT 2001 2000 Thomas H. Martinson
9 Master the GRE CAT 2002 2001
10 Master the GRE CAT 2003 2002
11 Master the GRE CAT 2004 2003
12 Master the GRE CAT 2005 2004
13 Master the GRE 2006 2005
14 Master the GRE CAT 2007 2006
15 Master the GRE 2008 2007
16 Master the GRE 2009 2008 Mark Alan Stewart
17 Master the GRE 2010 2009
18 Master the GRE 2011 2010
19 Master the GRE 2012 2011
20 Master the GRE 2013 2012
21 Master the GRE 2014 2013 Margaret Moran
22 Master the GRE 2015 2014
23 Master the GRE 2015
24 Master the GRE General Test 2018 2017
25 Master the GRE General Test 2019 2018
26 Master the GRE General Test 2020 2019
27 Master the GRE General Test 2024
  1. Stewart, Mark Alan. Peterson’s Master the GRE 2010, 17 (inglizcha), Peterson's, 2009. ISBN 978-0-7689-2785-6. 
  2. „Peterson's Content List“ (inglizcha). Peterson (2020). Qaraldi: 27-iyun 2024-yil.