Marten de Roon
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Marten Elco de Roon[1] | ||
Tavallud sanasi | 29-mart 1991-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Zwijndrecht, Niderlandiya | ||
Boʻyi | 1.86 m[3] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Atalanta | ||
Raqami | 15 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1997—1999[4] | ASWH | ||
1999—2006 | Feyenoord | ||
2006—2010 | Sparta Rotterdam | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2012 | Sparta Rotterdam | 58 | (2) |
2012—2015 | Heerenveen | 94 | (5) |
2015—2016 | Atalanta | 36 | (1) |
2016—2017 | Middlesbrough | 34 | (4) |
2017— | Atalanta | 182 | (11) |
Milliy terma jamoa | |||
2009 | Niderlandiya 19 yoshgacha | 3 | (1) |
2016— | Niderlandiya | 34 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 9-noyabr uchun) |
Marten Elco de Roon (talaffuzi: Marten Elko de Ron; 1991-yil 29-martda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi. U Serie Aning Atalanta klubi va Gollandiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. De Roon ilgari Sparta Rotterdam, SC Heerenveen va Middlesbrough klublarida oʻynagan.
De Roon Zwijndrechtda[5][6] tugʻilgan va Hendrik-Ido-Ambachtda oʻsgan[7][8][9], u yerda ASWHning yoshlar jamoalarida oʻynagan[5][7][10][11]. ASWHdan keyin u mashgʻulotlarini Feyenoord va Sparta Rotterdam yoshlar jamoalarida davom ettirdi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sparta Rotterdam
[tahrir | manbasini tahrirlash]De Roon 2010-yilning 27-martida De Grolsch Vesteda Twentega qarshi o‘yinda Sparta Rotterdam safida Eredivisiedagi debyutini qilgan[12]. U 2009—2010-yilgi mavsumda Eredivisieda jami 3 ta oʻyin oʻtkazgan.
Heerenveen
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil aprel oyida Eredivisie klubi SC Heerenveen De Roon bilan uch yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[13].
Atalanta
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning iyul oyida De Roon Serie A vakili Atalanta bilan shartnoma imzoladi[14].
Middlesbrough
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilning 4-iyulida De Roon Premyer liganing yangi jamoasi Middlesbrough bilan 12 million funt sterling transfer narxi evaziga shartnoma imzoladi[15]. U yangi jamoasidagi ilk golini 2016-yilning 5-noyabrida Etihad stadionida Manchester City bilan 1:1 hisobida durang oʻynagan holda 91-daqiqada kiritdi. De Roon mavsumning qolgan qismida klub safida yana 3 ta gol urishga muvaffaq boʻldi, shu jumladan Tees-Wear derbisida Sunderland ustidan qozonilgan gʻalabadagi yagona gol ham uning nomiga yozilgan, ammo Middlesbrough 2017-yil 8-mayda quyi ligaga tushib ketdi[16]. 2017-yil 18-iyulda Middlesbrough De Roon uchun 8,8 million funt sterling toʻlaganini tasdiqladi, yarim himoyachi klubda 30 ta oʻyin oʻtkazganidan soʻng, Atalanta yana 900 ming funt ishlab olgan[17].
Atalantaga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilning 10-avgustida De Roon nomaʼlum to‘lov evaziga Atalanta bilan yana shartnoma imzoladi[18]. De Roon yana bir bor Gian Piero Gasperini qoʻl ostida oʻynab, boshlangʻich tarkibda oʻyinlarini yanada yaxshiladi va Atalantaga 2018—2019-yilgi mavsumda 3-oʻrinni egallashga yordam berdi, shu bilan birga klub 2019—2020 UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u Italiya kubogi yarim finalida 58-daqiqada Fiorentina darvozasiga gol urdi[19]. Atalanta finalda Lazioga qarshi o‘yinda yutqazgan bo‘lsa-da, yarim finalda 5:4 hisobida g‘alaba qozongan[20]. De Roon Chempionlar ligasidagi debyutini 2019-yilning 18-sentyabr kuni Dinamo Zagrebga qarshi oʻyinda o‘tkazdi[21].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]De Roon Gollandiyaning 19 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasini 2010-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Yevropa chempionatining saralash bosqichida himoya qilgan. 2009-yil 12-noyabrda u Maltaga qarshi saralash bahsida 19 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi tarkibida debyut qilgan va birinchi golini kiritgan[22]. De Roon 2016-yil 13-noyabrda kattalar terma jamoasida debyut qilgan.
Keyinchalik u milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Ronald Koeman tomonidan tanlanib, Gollandiyaning birinchi tarkibiga kiritildi. Bu 2018-yilning mart oyida Angliya va Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun tarkib edi[23].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 9-noyabr holatiga ko‘ra[24]:
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Kontinental | Boshqa | Total | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Sparta Rotterdam | 2009—2010 | Eredivisie | 3 | 0 | 0 | 0 | — | — | 1 | 0 | 4 | 0 | ||
2010—2011 | Eerste Divisie | 27 | 0 | 1 | 0 | — | — | 0 | 0 | 28 | 0 | |||
2011—2012 | 28 | 2 | 3 | 0 | — | — | 2 | 0 | 33 | 2 | ||||
Jami | 58 | 2 | 4 | 0 | — | — | 3 | 0 | 65 | 2 | ||||
Heerenveen | 2012—2013 | Eredivisie | 26 | 1 | 2 | 0 | — | 4 | 1 | — | 32 | 2 | ||
2013—2014 | 32 | 3 | 3 | 0 | — | — | — | 35 | 3 | |||||
2014—2015 | 36 | 1 | 1 | 0 | — | — | — | 37 | 1 | |||||
Jami | 94 | 5 | 6 | 0 | — | 4 | 1 | — | 104 | 6 | ||||
Atalanta | 2015—2016 | Serie A | 36 | 1 | 1 | 1 | — | — | — | 37 | 2 | |||
Middlesbrough | 2016—2017 | Premyer liga | 33 | 4 | 2 | 1 | 0 | 0 | — | — | 35 | 5 | ||
2017—2018 | EFL chempionati | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 1 | 0 | |||
Jami | 34 | 4 | 2 | 1 | 0 | 0 | — | — | 36 | 5 | ||||
Atalanta | 2017—2018 | Serie A | 34 | 3 | 4 | 0 | — | 8 | 0 | — | 46 | 3 | ||
2018—2019 | 35 | 2 | 4 | 1 | — | 5 | 0 | — | 44 | 3 | ||||
2019—2020 | 35 | 2 | 1 | 0 | — | 9 | 0 | — | 45 | 2 | ||||
2020—2021 | 35 | 1 | 5 | 0 | — | 6 | 0 | — | 46 | 1 | ||||
2021—2022 | 30 | 3 | 2 | 0 | — | 12 | 0 | — | 44 | 3 | ||||
2022—2023 | 13 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 13 | 0 | |||||
Jami | 182 | 11 | 16 | 1 | — | 40 | 0 | — | 238 | 14 | ||||
Atalanta jami | 218 | 12 | 17 | 2 | — | 40 | 0 | — | 275 | 14 | ||||
Faoliyati jami | 404 | 23 | 29 | 3 | 0 | 0 | 44 | 1 | 3 | 0 | 480 | 27 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 3-dekabr holatiga ko‘ra:
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Niderlandiya | 2016-yil | 1 | 0 |
2017-yil | 1 | 0 | |
2018-yil | 6 | 0 | |
2019-yil | 8 | 0 | |
2020-yil | 4 | 0 | |
2021-yil | 8 | 0 | |
2022-yil | 6 | 0 | |
Jami | 34 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Squads for 2016/17 Premier League confirmed“. Premier League (2016-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Marten de Roon: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2022-yil 19-iyul.
- ↑ „FIFA World Cup Qatar 2022: List of players: Netherlands“. FIFA (2022-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 22-noyabr.
- ↑ „De Roon kijkt nog elke zaterdag wat ASWH heeft gedaan“. DPG Media (2019-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 13-iyun.
- ↑ 5,0 5,1 „Een harde werker, gemaakt voor Atalanta Bergamo“ (nl). nrc.nl. NRC (2018-yil 9-mart). Qaraldi: 2020-yil 16-mart.
- ↑ „'Centrocampista' De Roon voetbalt als een typische Italiaan“ (nl). ad.nl. DPG Media (2019-yil 14-aprel). Qaraldi: 2020-yil 16-mart.
- ↑ 7,0 7,1 „Omarm de spanning - en win!“ (nl). volkskrant.nl. DPG Media (2014-yil 22-mart). Qaraldi: 2020-yil 16-mart.
- ↑ „De Roon na verloren bekerfinale: 'Dagje treuren en dan vol voor Champions League'“ (nl). ad.nl. DPG Media (2019-yil 16-may). Qaraldi: 2020-yil 16-mart.
- ↑ „De Roon keert na jaar Middlesbrough terug bij Atalanta“ (nl). ad.nl. DPG Media (2017-yil 10-avgust). Qaraldi: 2020-yil 16-mart.
- ↑ „COLUMN - Het loonstrookje van De Roon“ (nl). goal.com. Goal (2017-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 16-mart.
- ↑ „Ex-ASWH jeugdspeler Marten de Roon maakt debuut in Oranje“ (nl). weekbladdebrug.nl. Xebius Media Groep (2016-yil 14-noyabr). 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-mart.
- ↑ „Twente vs. Sparta Rotterdam“. Soccerway (2010-yil 27-mart). Qaraldi: 2010-yil 26-may.
- ↑ „Marten de Roon tot zomer 2017 bij sc Heerenveen“ (nl). www.sc-heerenveen.nl. SC Heerenveen (2015-yil 28-fevral). Qaraldi: 2016-yil 8-iyul.
- ↑ „Mercato Atalanta, Marten De Roon all'Atalanta a titolo definitivo“ (it). www.atalanta.it. Atalanta B.C. (2015-yil 11-iyul). 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-iyul.
- ↑ „Marten de Roon: Boro Move Is An Honour For Me“ (2016-yil iyul).
- ↑ „Middlesbrough relegated“ (2017-yil may).
- ↑ „MFC – Clarifying Transfer Facts“. mfc.co.uk. Middlesbrough F.C. (2017-yil 18-iyul). Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
- ↑ „Middlesbrough midfielder Marten De Roon joins Atalanta“. www.skysports.com. Sky Sports (2017-yil 10-avgust).
- ↑ „Fiorentina 3 Atalanta 3: Muriel sets up mouth-watering second leg“. FotMob. Qaraldi: 2019-yil 12-dekabr.
- ↑ „Lazio 2-0 Atalanta: Late show gives Simone Inzaghi's Lazio first major trophy in five years“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 2019-yil 12-dekabr.
- ↑ „Champions League (Sky Sports)“ (en). SkySports. Qaraldi: 2019-yil 12-dekabr.
- ↑ „Under-19 2010 - Netherlands-Malta“. UEFA.com (2009-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2010-yil 26-may.
- ↑ „Ronald Koeman puts trust in Dutch youth, Justin Kluivert given first call-up“. Eurosport.com (2018-yil 16-mart). Qaraldi: 2021-yil 13-iyun.
- ↑ Marten de Roon Soccerway saytida. Qaralgan sana: 11 October 2017.
- 29-martda tugʻilganlar
- 1991-yilda tugʻilganlar
- Angliyadagi muhojir futbolchilar
- Italiyadagi muhojir futbolchilar
- 2022 FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari
- Serie A futbolchilari
- Niderland futbolchilar
- Futbol yarim himoyachilari
- Yashayotgan insonlar
- Futbolchilar
- UEFA Yevropa chempionati ishtirokchilari
- 2022-yilgi FIFA Jahon Chempionati ishtirokchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar