Mandolina
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mandolina (ital. mandolino) — lyutnya oilasiga mansub torli tirnama musiqa cholgʻusi. Italiyada paydo boʻlib, 17-asrda hozirgi shaklga ega boʻldi. 18-asrdan M. — eng sevimli italyan xalq cholgʻusi, 19-asrdan Yevropa (jumladan, baʼzi turkiy xalqlar — tatar, boshqird va boshqalar) da ommaviylashgan. 4—6 juft torlari kvinta boʻyicha sozlanadi, tovushi tiniq, jarangdor va kuychan. Bir necha xillari (neapolitan, Florensiya M.lari, mandola va boshqalar) mavjud. Yakka, joʻrovoz hamda orkestr cholgʻusi sifatida ishlatiladi. Kompozitorlar ham (Betxoven, A. Vivaldi va boshqa, Oʻzbekistonda F. Leysek) M. uchun asarlar yaratishgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |