Kontent qismiga oʻtish

Lu Keng

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lu Keng (xitoycha: 陸鏗 1919-yilda Xitoyning Yunnan provinsiyasidagi Baoshan shahrida tug‘ilgan, 2008-yil 22-iyunda vafot etgan) Xitoy tarixidagi eng notinch davrlarda 60 yildan ortiq muxbirlik qilgan. Jurnalist sifatida u materik Xitoyda ham, Tayvanda ham taqiqlangan edi. Uning maqolalari oʻtmishdagi hokimiyat va davlat rahbarlarini tanqid qilgani uchun unga Kommunistik partiya va Gomindan davridagi 22 yillik qamoqqa olib kelgan boʻlsada, uni „haqiqiy jurnalist“ sifatida tanilishiga olib keldi.[1]

Lu „Chen Ji-sun“ taxallusini ishlatgan. Unga „Katta shovqin“ laqabini qoʻyishgan.[2] U Markaziy Siyosat maktabida jurnalistika boʻyicha oʻquv dasturini tamomlagan va Xitoyda birinchi radio muxbir boʻlgan.[3] U 1940-yilda shu sohaga qoʻshilgan.[4]

Ikkinchi jahon urushi paytida Yevropada boʻlib,amerikalik generallar Eyzenxauer, MakArtur va Marshallar bilan qilgan suhbatlari orqali kattai obroʻ qozongan. [1]

Lu 1978-yil aprel oyida Gonkongga borib, 1981-yilda muharrir Xu Juren bilan birgalikda haftada bir marta xitoy tilida chiqadigan „Pai Shing“ jurnaliga asos soladi. U, shuningdek, Gonkong Shue Yan universitetida dars bergan va Gongkong iqtisodiy jurnalida maqolalar yozgan. [1]

Xitoy Respublikasi bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lu urushdan soʻng Nankindagi China Times gazetasi muharriri lavozimiga koʻtarildi va keyin yuqori martabali amaldorlar Kong Sianxi va Song Tsivenning korruptsiyasini oshkor qilgani uchun qamaldi. [1]

Xitoy Xalq Respublikasi bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1957-yilda uning soʻz erkinligiga chaqiruvi uni yana qamoqqa tashladi. Bu Kommunistik partiyaning oʻngchilarga qarshi kampaniyasi doirasida amalga oshirilgan edi. U 1975 yilgacha ozodlikka chiqmadi [1]

Lu 1985-yil 10-mayda Pekinda Kommunistik partiya bosh kotibi Xu Yaobang bilan intervyu oʻtgazdi va koʻplab nozik masalalarga toʻxtalib, Xuni muxolifatga toqat qiladigan maʼrifatli liberal sifatida tavsiflangan maqolani chop etdi. Maqola 1987-yilda Deng Syaoping Xuni ishdan boʻshatishiga olib keldi [1]

Lu 2008-yil 22-iyun kuni 89 yoshida San-Fransiskodagi kasalxonada 10 kun davomida oʻpkasida qon ivishi bilan kurashib, tinchgina vafot etdi. U ona shahri Yunnan shahrida dafn qilishadi. [1]

Lu haqida iqtiboslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"U jurnalist ekanligidan juda faxrlanardi va koʻp yillik tajriba toʻplaganidan keyin katta muharrir boʻlishga moyil boʻlgan koʻpchilikdan farqli oʻlaroq, u qariganda ham ishlaydigan jurnalist boʻlishni sharmandalik deb oʻylamagan", deydi Sinxua axborot agentligi rahbarining sobiq oʻrinbosari Li Pu. [1]

Katta jurnalist Yang Jishengning aytishicha, Lu „hech qachon hokimiyatga taʼzim qilmagan, hech kimga taʼzim qilmagan, u faqat faktlar uchun javobgar boʻlgan“. [1]

Lu 1990-yilda islohotchilar yetakchisi Chjao Ziyang tarafdori bo‘lgani uchun AQShga surgun qilingan Sinxua Gonkongning sobiq direktori Syu Tszyatunga yordam bergani uchun materikga kirish taqiqlangan va persona non grata sifatida qora ro‘yxatga kiritilgan edi.[1]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 South China Morning Post. „SCMP.“ Controversial 'true journalistʼ Lu Keng, 89, dies in US. Retrieved on 2008-11-18.
  2. Dwnews.com. „Dwnews.com[sayt ishlamaydi].“ Lu Kengʻs life independent news. Retrieved on 2008-11-18.
  3. South China Morning Post. „SCMP.“ Controversial 'true journalistʼ Lu Keng, 89, dies in US. Retrieved on 2008-11-18.
  4. Hong Kong Journalists Association. „HKJA[sayt ishlamaydi].“ Mourning Mr. Lu Keng (陸鏗先生), our Veteran . Retrieved on 2008-11-18.