Kontent qismiga oʻtish

Lochira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lochira — oshirilmagan (xamirturushsiz) xamirdan tayyorlangan non turi. Iliq suvda tuz, soʻng mol yogʻi (baʼzan sariyogʻ yoki margarin) eritilib, xamir qoriladi va 10—15 min. oʻrab, tindiriladi. Soʻngra xamirdan 200 g li zuvalalar uzib olinadi va yupqa qilib (3—4 mm) non shaklida yoyiladi. Yasalgan yupqa non yuziga qalin qilib chakich urilib, tandirda yoki duxovka patnisida pishiriladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil