Livon urushi
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Livon urushi (1558-83) - Rossiyaning Boltiq dengiziga chiqish uchun Livon ordeni, Shvetsiya, Polsha va Buyuk Litva knyazligi (1569-yildan — Rech Pospolita)ga qarshi urushi. Livon urushi 3 bosqichda boʻlgan: 1-bosqich (1561-yilgacha) — Livon ordenining tor-mor etilishi bilan tugagan; 2-bosqich (1578-yilgacha) — rus qoʻshinlari vaqt-vaqti bilan muvaffaqiyatli janglar olib borganlar va 1577-yil yozida Boltiq boʻyidagi bir qancha qalʼalarni egallaganlar; 3-bosqich (1579-yildan) — rus qoʻshinlari Stefan Batoriyning armiyasi va shved qoʻshinlariga qarshi mudofaa janglari (Pskov mudofaasi, 1581—82 va boshqalar) olib borganlar. Rossiya uchun noqulay boʻlgan Yam-Zapolskiy (1582) va Plyus-sa bitimlari (1583)ni imzolash bilan tugagan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |