Kontent qismiga oʻtish

Liberiyaliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Liberiyaliklar[1] (oʻz nomi — Ameriko-Liberiyaliklar yoki Amerikano-Liberiyaliklar) — Gʻarbiy Afrikadagi xalq, Liberiya aholisi. Liberiyada ular Monroviyada va Montserrado, Margibi, Merilend, Grand-Basa, Grand-Keyp-Maunt va Sino grafliklarida yashaydilar. Ularning soni taxminan 150 000[2] kishi. Liberiya va unda yashovchi liberiyaliklarning rasmiy tillari ingliz va kreol tillaridir. Liberiyaliklar asosan xristianlardir. Ularning aksariyati protestantlar, kamroq qismi katoliklardir.

Liberiyaliklar oilasi kichik (nuklear), nikohi virilokal, nikoh qalin toʻlovi ham amalda. Xalqda patrilineal qarindoshlik hisobi va muntazam turdagi qarindoshlik atamalarining tizimi mavjud.

Liberiyaliklar masjidi

Barcha Liberiyaliklar asosan xristianlardir. Ularning koʻpchiligi protestantlar, liberiyaliklarning kamroq qismi katoliklikga eʼtiqod qiladi[3].

Liberiyaliklar german guruhining hind-yevropa oilasiga mansub ingliz va kreol tillarida gaplashadi.

Mashgʻulotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liberiyaliklarning asosiy kasblari tadbirkorlik, savdo va hunarmandchilikdir. Yigirish va toʻqish, boʻyra, savat, teri ishlab chiqarish kabi hunarmandchilik turlari rivojlangan. Odamlarning maʼlumot darajasi ancha yuqori. Ular Yevropa moddiy madaniyatiga ega.

Manzilgohlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liberiyaliklarning manzilgohlari yetarlicha katta. Ular kreol (Gʻarbiy Hindiston) tipidagi gʻisht yoki betondan qurilgan cherepitsa tomli uylarda yashaydilar. Baʼzan uylar ikki qavatli boʻladi.

Liberiyaliklar asosan oʻsimlik mahsulotlariga boy taomlarni isteʼmol qiladilar, masalan, ildiz sabzavotli fufa, sabzavotli shoʻrvalar, boʻtqalar, yassi non va baliq taomlari.

  • Попов В. А. Либерийцы // Народы и религии мира / Глав. ред. В. А. Тишков. М.: Большая Российская Энциклопедия, 1999. - С. 289
  • Токарева З. Либерия // Энциклопедия для детей. Т. 13. Страны. Народы. Цивилизации / Глав. ред. М.Д. Аксёнова. - М.: Аванта+, 2001. - С. 493
  • Ходош И. А. Либерия : историч. очерк / И.А. Ходош, М., 1961. С. 15
  • Ethnologue: Languages of the World, Sixteenth edition. - 2009. - P. 35
  • Subah P. Iron ore in Liberia. Past production and future prospects / P. Subah, Mining Magazine, 1981, v. 145, No 3, Sept., P. 204-208
  1. „Americo-Liberians“. BlackPast.org. — „They are an estimated population of 150,000 [Americo-Liberians] out of the 3.5 million people in the nation.“. 2018-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2009-yil.
  2. „Americo-Liberians“. BlackPast.org. — „They are an estimated population of 150,000 [Americo-Liberians] out of the 3.5 million people in the nation.“. 2013-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 16-iyun.
  3. Tokareva Z. Liberiya // Ensiklopediya dlya detey. T. 13. Strani. Narodi. Tsivilizatsii / Glav. red. M.D. Aksyonova. — M.: Avanta+, 2001. — S. 493