Kontent qismiga oʻtish

Laylatul-qadr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laylatul-qadr (arab. — qadr kechasi) — islom aqidasiga koʻra, ramazon oyining oxirgi o'n kunligining toq kechalari. Bu kechaning ulugʻlanishi Qurʼoni karimning shu kechada nozil etila boshlagani, bu kecha ming oydan afzal ekani toʻgʻrisida Qurʼonda bashorat berilgani bilan izohlanadi. Unda aytilishicha, bu kechada osmon farishtalari Jabroil hamrohligida Yerga tushib, tong paytigacha bir yillik boʻladigan ishlar rejasini tuzadilar. Ular tuni bilan yana musulmonlar uchun istigʻfor aytib, gunohlarini kechirishini soʻrab, Allohga iltijo qiladilar. Yana q. Isro va meʼroj.[1].

  1. Bugun Laylatul qadr kechasi?.. Qadr kechasining fazilatlari va alomatlari



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil