Lambert qonuni
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lambert qonuni - yorugʻlik sochayotgan sirt ravshanligining fazoviy burchaklar boʻyicha taqsimoti qonuni. 1760-yilda I.Lambert bayon etgan. Lambert qonuniga koʻra, yorugʻlik sochayotgan sirt ravshanligi har qanday yoʻnalishlarda bir xil boʻladi. Bu qonun yorugʻlik kattaliklari: mas, yorituvchanlik va ravshanlik; yassi sirtga oʻtkazilgan perpendikulyar (normal) bilan f burchak tashkil etgan yoʻnalish boʻyicha sochilayotgan yoruglik kuchi orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bu formuladan koʻrinib turibdiki, yassi sirtdan sochilayotgan yorugʻlik kuchi perpendikulyar boʻyicha eng katta qiymatga ega boʻlib, f burchak kattalasha borgan sari uning qiymati kamaya boradi. Lambert qonuni mutlaq qora jismlar uchun oʻrinlidir.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |