Kukushka
„Kukushka“ | ||||
---|---|---|---|---|
„Kino“ qoʻshigʻi | ||||
„Chyorniy albom“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 1991 | |||
Yozib olingan | 1990 | |||
Janr | yangi toʻlqin | |||
Davomiyligi | 6:40 | |||
Leybl | Metadigital | |||
Matn muallif(lar)i | Viktor Soy | |||
„Chyorniy albom“ xronologiyasi | ||||
|
„Kukushka“ (ruscha: Кукушка, yaʼni „Kakku“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1991-yil eʼlon qilingan „Chyorniy albom“ nomli studiyaviy albomiga beshinchi trek oʻlaroq kiritilgan. „Kukushka“ guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh xonandasi Viktor Soy yozgan.
Qoʻshiqning ilk versiyasi 1990-yilning yozida Latviyaning Yurmala shahri yaqinidagi Plieņciems qishlogʻida joylashgan „Yamaha“ studiyasida yozib olingan. „Kukushka“ 1990-yilning avgustida Soy vafot etishidan oldin yozilgan soʻnggi qoʻshiqlarning biridir. Soy vafotidan keyin „Kino“ guruhi aʼzolari qoʻshiqni qaytadan yozib, aranjirovka qilgan. Qoʻshiqning yozib olish tarixi haqida „Kino“ gitarachisi Yuriy Kasparyan shunday degan:
„Kushuka“… Bu juda shaxsiy [qoʻshiq]. [Soy] uni qanday yozganini eslayman. Kun boʻyi shu xonachada oʻtirdi, u yerda studiya bor edi, yaʼni butunlay yolgʻiz oʻtirdi. Jiddiy narsa sodir boʻlayotgan sezilardi. Undan oldin men [qoʻshiqni] eshitmagandim, Yurmalada ilk bor eshitganman. Keyin esa aranjirovka qildik, toʻldirdik… Gap shundaki, u har doim yolgʻiz qoʻshiq yozardi. Bizga esa tayyor material olib kelar, koʻrsatardi…[1]
Qoʻshiqning Plieņciemsda yozib olingan demosi 2002-yil „Moroz Records“ leyblida eʼlon qilingan „Poslendiye zapisi“ albomiga kiritilgan. Shuningdek, qoʻshiqning ilk aranjirovkasi ham mavjud boʻlib, mazkur versiyasi 1990-yil eʼlon qilingan „Chelovek v chyornom“ filmida qoʻllangan.
„Kukushka“ qoʻshigʻi „Dom pod zvyozdnim nebom“ (1991), „Syostri“ (2001), „Bitva za Sevastopol“ (2015) filmlari saundtrekiga kiritilgan. „Bitva za Sevastopol“ filmi uchun qoʻshiqni Polina Gagarina kuylagan. Mazkur versiya eʼlon qilinishi ortidan „Kukushka“ qoʻshigʻi yanada ommalashgan. Gagarina ijrosi 2015-yilning martida YouTubeda yuklanganidan 2022-yilning avgustiga qadar 245 million martadan koʻp koʻrilgan[2]. Shuningdek, qoʻshiqni Zemfira ham kaver qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „10 самых известных песен Виктора Цоя“ (ruscha). Дни (15-avgust 2016-yil). Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
- ↑ „Polina Gagarina - The Cuckoo (OST Battle for Sevastopol)“. YouTube (31-mart 2015-yil). Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.