Kontent qismiga oʻtish

Ktesifon

Koordinatalari: 33°5′37″N 44°34′50″E / 33.09361°N 44.58056°E / 33.09361; 44.58056
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ktesifon
ܩܛܝܣܦܘܢ (Qṭēspōn)
Κτησιφῶν

Sosoniylar davridagi Ktesifon shahrining xaritasi
Ktesifon is located in Iraq
Ktesifon
Shown within Iraq
Muqobil nomlar
  • arabcha: طيسفون Ṭaysafūn
  • ܩܛܝܣܦܘܢ, Qṭēspōn
  • qadimgi yunoncha: Κτησιφῶν Ktēsiphôn
  • 𐭲𐭩𐭮𐭯𐭥𐭭, Tēsifōn
  • forscha: تیسفون Tisfun
Manzilgoh Salman Pak, Bagʻdod muhofazasi, Iroq
Mintaqa Mesopotamiya
Koordinatalar 33°5′37″N 44°34′50″E / 33.09361°N 44.58056°E / 33.09361; 44.58056
Turi Manzilgoh
Tarix
Tashkil etilgan tax. 120 BC
Makon qaydlari
Qazish sanalari 1928-1929, 1931-1932, 1960s-1970-yillar
Arxeologlar Oscar Reuther, Antonio Invernizzi, Giorgio Gullini
Vaziyat xaroba holatida

Ktesifon (arabchada Taysafun, Madoin) — Furot daryosi chap qirgʻogʻidagi qadimiy shahar (hozirgi Bagʻdod yaqinida). Ktesifon Parfiyaning harbiy tayanch punkti (miloddan avvalgi 3-asrdan), keyinchalik parfyan shohlarining qarorgohi boʻlgan. Rim imperatori Trayandan boshlab rimliklar bir necha marta Ktesifonni egallashgan. Ktesifon 266-yilda Sosoniylar poytaxti boʻlib, soʻnggi antik davrning eng katta va boy shaharlaridan biri sifatida shuhrat qozongan. Sosoniylarning hashamatli saroy harobalari saqlangan. Ktesifon 637-yilda arablar tomonidan bosib olingan va vayron qilingan. Bagʻdod barpo etilganidan keyin (762-yil) uzil-kesil oʻz ahamiyatini yoʻqotgan[1].

Lotincha Ctesiphon nomi qadimgi yunoncha Ktēsiphôn (Κτησιφῶν) soʻzidan olingan. Bu kishi ismiga qoʻyilgan yunoncha toponim yoki Tisfōn yo Tisbōn shaklida rekonstruksiya qilingan mahalliy nomning ellinlashgan shaklidir[2]. Sosoniylar davriga oid forsiyzabon manbalarda Tyspwn nomi bilan uchraydi, bu moniy parfiya tilida, oʻrta forschada Tīsfōn, Tēsifōn, nasroniy Sugʻd tilida (Suryoniy yozuvida) 𐭲𐭩𐭮𐭯𐭥𐭭 shaklida oʻqilishi mumkin. Yangi fors tilidagi shakli esa Tisfun (تیسفون)dir.

Sharq cherkovi sinodlaridan olingan matnlar shaharni Qṭēspōn (klassik suryoniycha: ܩܛܝܣܦܘܢ[3]) yoki baʼzi paytlarda Salavkiya-Ktesifon metropolisi haqida soʻz ketganda Māḥôzē (klassik suryoniycha: ܡܚܘܙ̈ܐ) deb atagan.

Zamonaviy arab tilida bu nom odatda Ṭaysafūn (طيسفون) yoki Qaṭaysfūn (قطيسفون) yo al-Madaʼin (المدائن Katta Ktesifonga ishora qilib „Shaharlar“) deb nomlanadi."Hamzadan iqtibos keltirgan Yoqutga […] koʻra, asl shakli Ṭūsfūn yoki Tūsfūn boʻlib, u Ṭaysafūn deb arabchalashtirilgan"[4]. Shaharning armancha nomi Tizbon (Տիզբոն) edi. Ktesifon birinchi marta Qadimgi Ahdning Ezra kitobida[5] Kasfia/Casphia (Kas etnik nomining hosilasi, Kaspiy va Qazvinning qarindoshi) nomi bilan tilga olingan. Talmudda Aktisfon nomi bilan ham tilga olingan[6]. Boshqa bir Talmud maʼlumotnomasida Ardashir shahridan Dajla daryosining narigi tomonida joylashgan Akistfon deb yozilgan[7].

Ktesifon arkasi xarobalari 1864-yilda rasmga olingan

Ktesifon taxminan al-Madoinda, Iroqning zamonaviy Bagʻdod shahridan 35 km (22 milya) janubi-sharqda, Dajla daryosi boʻyida joylashgan. Ktesifon maydoni 30 kvadrat kilometr boʻlgan, bu IV asrda 13,7 kvadrat kilometrlik imperiya poytaxti Rimdan ikki baravar koʻproq degani[manba kerak].

Chosroes arki (Toq Kasro) bir vaqtlar Ktesifonda qirollik saroyining bir qismi boʻlgan va eramizning 3—6-asrlarigacha boʻlgani taxmin qilinadi[8]. U hozirgi Iroqning Salman Pak shahrida joylashgan.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. E. J. Brill’s First Encyclopaedia of Islam 1913-1936, Vol. 2 (Brill, 1987: ISBN 90-04-08265-4), p. 75.
  3. Thomas A. Carlson et al., “Ctesiphon — ܩܛܝܣܦܘܢ ” in The Syriac Gazetteer last modified July 28, 2014, http://syriaca.org/place/58.
  4. Kröger, Jens (1993), „Ctesiphon“, Encyclopedia Iranica, 6-jild, Costa Mesa: Mazda, 2009-01-16da asl nusxadan arxivlandi
  5. Ezra 8:17
  6. Talmud Bavli Tractate Gittin — 6A-bet. 
  7. Talmud Bavli Tractate Eruvin — 57b-bet. 
  8. Farrokh, K. (2007). „The rise of Ctesiphon and the Silk Route“. In Shadows in the Desert: Ancient Persia at War, p. 240.