Kiso (Nagano, qishloq)
Kiso 木祖村 | |
---|---|
Qishloq | |
35°56′10.7″N 137°46′59.3″E / 35.936306°N 137.783139°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1-aprel 1889-yil |
Maydon | 140.50 km2 (54.25 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil aprel) |
2 877 |
Zichligi | 20 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0264-36-2001 |
|
Kiso (yaponcha: 木祖村 Kiso-mura ) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 1116 ta xonadonda 2877 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 20 nafardan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 140,50 kvadrat kilometr (54,25 mi²) ni tashkil etadi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kiso Nagano prefekturasining gʻarbiy markazida, Kiso daryosi vodiysida joylashgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nagano prefekturasi
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloqda yozi salqin va nam, qishi esa kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadigan iqlim mavjud (Köppen iqlim tasnifi Dfb). Kisoda oʻrtacha yillik harorat 5,7 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1860 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 18,6 °C, eng past harorati esa yanvarda, −6,7 °C atrofida boʻladi[2].
Kiso qishlogʻi iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Oʻrtacha maksimal, °C | 1,4 | 2,3 | 6,7 | 14,9 | 20,3 | 23,3 | 26,6 | 28,2 | 23,2 | 17,3 | 11,3 | 4,9 | 15,1 |
Oʻrtacha harorat, °C | −2,9 | −2,5 | 1,1 | 8,0 | 13,6 | 17,6 | 21,1 | 22,2 | 17,9 | 11,3 | 5,4 | 0,1 | 9,4 |
Oʻrtacha minimal, °C | −7,9 | −7,5 | −3,9 | 1,9 | 7,8 | 12,9 | 17,0 | 17,8 | 13,7 | 6,6 | 0,6 | −4,3 | 4,6 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 80,3 | 81,6 | 98,5 | 95,3 | 121,2 | 165,5 | 195,8 | 134,2 | 168,4 | 109,8 | 76,4 | 70,3 | 1 397,1 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[3] |
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Kiso qishlogʻining aholisi soni soʻnggi 30 yil ichida kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 4,362 | — |
1950 | 5,01 | +14.9% |
1960 | 4,899 | −2.2% |
1970 | 4,375 | −10.7% |
1980 | 4,19 | −4.2% |
1990 | 4,3 | +2.6% |
2000 | 3,596 | −16.4% |
2010 | 3,135 | −12.8% |
2020 | 2,692 | −14.1% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kiso qishlogʻi sobiq Shinano viloyati hududida joylashgan. Hudud Yabuhara-juku, Edo davrida Edoni Kioto bilan bogʻlaydigan Nakasendo avtomagistralidagi post stansiyasi vazifasini bajargan. Hozirgi Kiso qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan bunyod etilgan.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kiso qishlogʻining asosiy iqtisodiyot manbai qishloq xoʻjaligi va turizm hisoblanadi. Qishloqsa tarixiy inshootlar u qadar koʻp emas. Lekin Mizukizava tabbiyoʻrmon zonasi turistlarni oʻziga jalb qiladi. Yabuhara jinja va Gakuraku-ji ibodatxonasi qishloqdagi tarixiy ahamiyatga molik hudud hisoblanadi. Haftaning yakshanba kunlari rassomlar bogʻi nomli koʻrgazma tashkil etiladi[5].
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- JR Tokai — Chuo magistral liniyasi
- Yabuhara
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Milliy yoʻnalish 19
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kiso Village official statistics(yaponcha)
- ↑ Iijima climate data
- ↑ „平年値(年・月ごとの値)“. Yaponiya Meteorologiya Agentligi.
- ↑ Kiso population statistics
- ↑ „木祖村“. Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (yaponcha)