Kontent qismiga oʻtish

Kipriksimon mushak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kipriksimon mushakKipriksimon mushak
lotincha: musculus ciliaris
Sistema Oftalmologiya
Arteriya Uzun orqa siliar arteriyalar
Vena vortikoz venalar
Innervatsiya Okulomotor nervning parasimpatik tolalari kipriksimon tugunda sinaps hosil qilgach, kalta siliar nervlar shaklida kipriksimon mushaklarga boradi.
Kataloglar
  • 49151
  • A15.2.03.014
Kipriksimon mushak

Kipriksimon mushak (siliar mushak deb ham ataladi) koʻzning oʻrta qatlami boʻlgan tomir pardada silliq mushak halqasi shaklida hosil boʻlgan koʻzning ichki muskullari guruhidir [1][2][3]. Kipriksimon mushaklar turli masofalardagi obyektlarni koʻrish uchun akkomodatsiyani boshqaradi va Schlemm kanaliga suvsimon suyuqlik oqimini tartibga soladi. Shuningdek, u koʻz gavharining shaklini oʻzgartiradi, lekin qorachiq oʻlchamini oʻzgartirmaydi[4], bu vazifa qorachiqni toraytiruvchi va qorachiqni kengaytiruivchi mushaklar tomonidan amalga oshiriladi.

Siliar mushak xoroid ichidagi mezenximadan rivojlanadi va kranial nerv nayi hosilasi hisoblanadi[5].

Nerv taʼminoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Siliar nervlarning parasimpatik tolalari siliar gangliy bilan birgalikda.

Kipriksimon mushak, kipriksimon nerv tugunidan paydo boʻlgan qisqa siliar nervlardan parasimpatik tolalarni oladi. Parasimpatik postganglionar tolalar V 1 bosh miya nervi (uch shoxli nervning nazosiliar tarmogʻi) tarkibiga kiradi, presinaptik parasimpatik tolalar esa okulomotor nerv (3-bosh miya nervi) bilan siliar gangliyga boradi[6]. Postganglionar parasimpatik innervatsiya siliar gangliydan kelib chiqadi[7].

Edinger-Westphal yadrosidan kelib chiqadigan presinaptik parasimpatik signallar III bosh miya nervi (okulomotor nerv) tomonidan olib boriladi va qisqa siliar nervlar orqali yoʻnaladigan postganglionar parasimpatik tolalar orqali siliar gangliydan oʻtadi va kipriksimon tana va kamalak pardani innervatsiya qiladi. Parasimpatik M3 muskarinik xolinoretseptorlarining qoʻzgʻalishi siliar mushaklarning qisqarishiga olib keladi. Qisqarish taʼsiri siliar mushak halqasining diametri qisqarib, zonula tolalarining boʻshashishiga olib keladi, natijada gavhar sharsimon shaklga kirib, yaqindan koʻrish uchun yorugʻlik sindirish kuchini oshiradi. 

Gavharning yuqori darajadagi akkomodatsiyasi talab qilinganda, masalan, kitob oʻqish kerak boʻlganda, parasimpatik nerv sistemasi dominant boʻladi[8].

Akkomodatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Siliar mushaklar tolalari dumaloq (Ivanoff)[9], boʻylama (meridianal) va radial yoʻnalishga ega[10].

Hermann von Helmholtz nazariyasiga koʻra, dumaloq siliar mushak tolalari koʻzning zonulyar tolalariga (akkomodatsiya paytida gavharni ushlab turadigan tolalar) taʼsir qilib, yorugʻlikka fokusni toʻgʻirlash uchun gavhar shaklini oʻzgartirish imkonini beradi. Siliar mushaklar qisqarganda, gavhar oʻzini oldinga tortadi va koʻz oldingi sohasini koʻz oʻqi tomon siljitadi. Bunda Zinn tolalari (gavharni ushlab turadigan yoki yassilaydigan zonulyar tolalar) tufayli gavhardagi taranglikni kamaytiradi. Zinn tolalari tarangligining boʻshashishi gavharning qisqa masofali fokusga moslashib, sharsimon shaklga kirishiga olib keladi. Aksincha, siliyar mushaklarning boʻshashishi Zinn tolalarini taranglashishiga olib keladi, natijada gavhar yassilashib, fokus masofasini oshiradi[11], inson koʻzi uzoq masofali buyumlarni koʻrishga moslashadi. Helmholtz nazariyasi 1855-yildan beri keng qabul qilingan boʻlsa-da, uning mexanizmi hali ham munozarali boʻlib qolmoqda. Akkommodatsiyaning boshqa muqobil nazariyalari L. Jonson, M. Tscherning va Ronald A. Schachar tomonidan taklif qilingan[2].

Trabekulyar toʻr teshiklari oʻlchamini oʻzgartirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻzning old kamerasidagi trabekulyar toʻrga kiruvchi boʻylama mushak tolalarning qisqarishi va boʻshashishi, mos ravishda, toʻr teshiklari hajmining ortishi va kamayishiga olib keladi, natijada Shlemm kanaliga suvsimon suyuqlik oqimining oʻtishini osonlashtiradi yoki toʻsqinlik qiladi[12].

Klinik ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ochiq burchakli glaukoma va yopiq burchakli glaukomani M-xolinoretseptorlar agonistlari (masalan, pilokarpin) bilan davolash mumkin, bu preparatlar siliar mushaklarning tez miozi va qisqarishiga olib keladi, trabekulyar toʻrni ochadi, suvsimon suyuqlikning drenajlanishini osonlashtiradi. Schlemm kanaliga kirib, oxir-oqibat koʻz ichi bosimini pasaytiradi[13].

Siliar soʻzi taxminan 1685-1695 yillarda paydo boʻlgan[14]. Cilia atamasi bir necha yil oʻtgach, 1705-1715-yillarda paydo boʻlgan va yangi-lotin tilida bu soʻzning koʻplik shakli cilium kiprik maʼnosini anglatadi. Lotin tilida cilia yuqori koʻz qovogʻini anglatadi va baʼzi hollarda qosh degan maʼnoni anglatuvchi supercilium'ning bir qismi ham hisoblanadi. -ary qoʻshimchasi dastlab oʻrta ingliz (-arie), qadimgi fransuz (-er, -eer, -ier, -aire, -er) va lotin (-ārius) tillaridan olingan soʻzlarda paydo boʻlgan; u turli soʻzlarda ishlatilishiga koʻra „tegishli, bogʻlangan“, „hissa qoʻshadigan“, „maqsadida“ maʼnolarini bildirishi mumkin[15]. Birgalikda, cili(a)-ary koʻz ichidagi va uning atrofidagi turli xil anatomik tuzilmalarga, yaʼni kipriksimon tanaga va koʻz gavharining halqasimon tayanch apparatiga taalluqlidir[16].

Qoʻshimcha rasmlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Gest, Thomas R; Burkel, William E. „Anatomy Tables – Eye.“ Medical Gross Anatomy. 2000. University of Michigan Medical School. January 5, 2010 Umich.edu (Wayback Machine saytida 2010-05-26 sanasida arxivlangan)
  2. 2,0 2,1 Kleinmann, G; Kim, H. J.; Yee, R. W. (2006). "Scleral expansion procedure for the correction of presbyopia". International Ophthalmology Clinics 46 (3): 1–12. doi:10.1097/00004397-200604630-00003. PMID 16929221. https://archive.org/details/sim_international-ophthalmology-clinics_summer-2006_46_3/page/1. 
  3. Schachar, Ronald A. (2012).
  4. Land, Michael (Apr 19, 2015). "Focusing by shape change in the lens of the eye: a commentary on Young (1801) 'On the mechanism of the eye'". Philosophical Transactions of the Royal Society of London. Series B, Biological Sciences (School of Life Sciences, University of Sussex, Brighton: Philosophical Transactions of the Royal Society B: Biological Sciences) 370 (1666): 20140308. doi:10.1098/rstb.2014.0308. PMID 25750232. PMC 4360117. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4360117. 
  5. Dudek, Ronald W.. Embryology (en). Lippincott Williams & Wilkins, 2010-04-01. ISBN 978-1-60547-901-9. 
  6. Head (chapter 7)“, Clinically Oriented Anatomy, 5th, Lippincott Williams & Wilkins, 2006 — 972-bet. ISBN 0-7817-3639-0. 
  7. McDougal, David H.; Gamlin, Paul D. (January 2015). "Autonomic control of the eye". Comprehensive Physiology 5 (1): 439–473. doi:10.1002/cphy.c140014. ISSN 2040-4603. PMID 25589275. PMC 4919817. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4919817. 
  8. Goodman & Gilman's The Pharmacological Basis of Therapeutics, 12 Brunton: , New York: McGraw-Hill, 2011. ISBN 978-0-07-162442-8. 
  9. „Ocular Embryology with Special Reference to Chamber Angle Development“, The Glaucomas, 2009 — 61–9-bet. DOI:10.1007/978-3-540-69146-4_8. ISBN 978-3-540-69144-0. 
  10. Riordan-Eva Paul, „Chapter 1. Anatomy & Embryology of the Eye“ (Chapter). Vaughan & Asbury's General Ophthalmology, 17th, McGraw-Hill, 2008. 
  11. Goodman & Gilman's The Pharmacological Basis of Therapeutics, 11th Brunton: , New York: McGraw-Hill, 2005 — 134–135-bet. ISBN 978-0-07-162442-8. 
  12. Salmon John F, „Chapter 11. Glaucoma“ (Chapter). Vaughan & Asbury's General Ophthalmology, 17th, McGraw-Hill, 2008. 
  13. Le, Tao T.; Cai, Xumei; Waples-Trefil, Flora.
  14. "cilia", Unabridged.
  15. Dictionary.com, „-ary“, in The American Heritage Dictionary of the English Language, Fourth Edition.
  16. "ciliary, " in Dictionary.com Unabridged.