Kontent qismiga oʻtish

Kenny Tete

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kenny Tete
Tete 2019-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kenny Joelle Tete[1]
Tavallud sanasi 9-oktyabr 1995-yil (1995-10-09) (29 yosh)[2]
Tavallud joyi Amsterdam, Niderlandiya
Boʻyi 1.80 m[3]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Fulham
Raqami 2
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2005 Zeeburgia
2005—2013 Ajax
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2017 Jong Ajax 55 (4)
2013—2017 Ajax 31 (0)
2017—2020 Lyon 54 (1)
2020— Fulham 49 (2)
Milliy terma jamoa
2011—2012 Niderlandiya U17 5 (0)
2013—2014 Niderlandiya U19 4 (0)
2014 Niderlandiya U20 2 (0)
2015—2016 Niderlandiya U21 3 (0)
2015— Niderlandiya 14 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(1-may uchun)

Kenny Joelle Tete (talaffuzi: Kenni Tete; 1995-yil 9-oktabrda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Premyer-liganing Fulham klubi va Gollandiya terma jamoasi oʻng qanot himoyachisi.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amsterdamda tugʻilgan Tete „AFC DWS“ va „AVV Zeeburgia“ning yosh jamoalarida oʻynagan. 2005-yilda 10 yoshida „Ajax“ akademiyasiga jalb qilingan[4]. 2012-yilning 20-iyulida „Ajax“ bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi. Amsterdam klubi bilan 2015-yilning 30-iyuniga qadar oʻynashi kerak edi. Ilk professional mavsumida „Ajax A1“ yoshlar jamoasida oʻynagan[5]. Keyingi mavsumda Tete akademiyadagi hamkasbi Riechedly Bazoer bilan birga Avstriyadagi mavsumoldi yigʻiniga ilk marotaba jamoaga chaqiruv oldi[6]. 2013-yil 29-iyun kuni SDC Puttenga qarshi mavsumoldi o‘rtoqlik o‘yinida asosiy jamoadagi birinchi o‘yinida maydonga tushdi[7].

2017-yilning 10-iyulida Teteni Fransiyaning Lion jamoasi 3 million yevrolik shartnoma evaziga sotib olindi[8][9]. Tete 2017-yilning 19-avgustida Liga 1 doirasida Bordoga qarshi o‘yinda (3:3) „Lion“ safidagi ilk golini kiritdi[10].

2019—2020-yilgi mavsumda UEFA Chempionlar ligasining yarim finalicha boʻlgan oʻyinlarga qadar „Lion“ tarkibida 82 oʻyin oʻtkazgan[9].

2020-yil 10-sentabr kuni Premyer-liganing Fulham klubi Tete „Lion“dan to‘rt yilga olganini tasdiqladi[9]. Unga 2-raqamli futbolka berildi[9]. Tete EFL kubogining ikkinchi bosqichida Ipswich Townga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qildi[11]. 2022-yil 11-yanvarda „Fulham“ safida Readingga qarshi oʻyinda (7:0) ilk golini kiritdi[12].

Tete 2022—2023-yilgi Premyer-liga mavsumining ochilish oʻyinida Liverpoolga qarshi oʻyinda (2:2) Aleksandar Mitrovićning birinchi goliga assistentlik qildi[13].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 25-oktabrda Tete Gollandiyaning 17 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi safida 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Bosniya va Gersegovinaga qarshi oʻyinda debyut qildi[14].

2015-yilning avgustida Niderlandiya terma jamoasiga qarshi oʻyinga ilk chaqiruvni oldi[15]. Tete Gollandiya terma jamoasidagi ilk o‘yinini 10-oktyabr kuni Qozog‘istonga qarshi o‘tkazdi[16].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
17-sentyabr, 2022-yil holatiga koʻra[17][18][19]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha Ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Other Jami
Division Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Jong Ajax 2013—2014 Eerste Diviziya 26 0 26 0
2014—2015 Eerste Diviziya 24 2 24 2
2015—2016 Eerste Diviziya 1 0 1 0
2016—2017 Eerste Diviziya 4 2 4 2
Jami 55 4 55 4
Ajax 2013—2014 Erediviziya 0 0 0 0 0 0 0 0
2014—2015 Erediviziya 5 0 0 0 0 0 5 0
2015—2016 Erediviziya 21 0 1 0 9 0 31 0
2016—2017 Erediviziya 5 0 3 0 11 1 19 1
Jami 31 0 4 0 20 1 55 1
Lyon 2017—2018 Liga 1 22 1 4 0 1 0 4 0 31 1
2018—2019 Liga 1 13 0 2 0 2 0 3 0 20 0
2019—2020 Liga 1 18 0 3 0 2 0 5 0 28 0
2020—2021 Liga 1 1 0 0 0 1 0
Jami 54 1 9 0 5 0 12 0 80 1
Lyon B 2018—2019 Mamlakat chempionati 2 2 0 2 0
Fulham 2020—2021 Angliya Premyer-ligasi 22 0 1 0 1 0 24 0
2021—2022 Championship 18 2 0 0 0 0 18 2
2022—2023 Angliya Premyer-ligasi 7 0 0 0 0 0 7 0
Jami 47 2 1 0 1 0 49 1
Jami faoliyati 189 7 14 0 6 0 32 1 241 8
24-mart, 2021-yil[17][20][21]
Terma jamoa va yil boʻyicha Ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Niderlandiya 2015 2 0
2016 2 0
2017 4 0
2018 4 0
2019 1 0
2021 1 0
Jami 14 0

Fulham

  • EFL chempionati: 2021—2022[24]

Niderlandiya U17

  • 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2012[23]
  1. „2020/21 Premier League squads confirmed“. Premier League (2020-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
  2. „Kenny Tete profile“. Soccerway.com (2013-yil 5-avgust). Qaraldi: 2013-yil 20-avgust.
  3. „Kenny Tete“. Fulham F.C.. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  4. „Ajax legt jeugdspeler Kenny Tete vast“. Ajaxinside.nl (2012-yil 20-iyul). 2016-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-avgust.
  5. „Jeugdspeler Tete tekent contract“. Ajax Showtime (2012-yil 20-iyul). 2015-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-avgust.
  6. „Ajax op weg naar Oostenrijk“. AT5 (2013-yil 1-iyul). Qaraldi: 2013-yil 22-avgust.
  7. „Kenny Tete: "Moet niet te hard van stapel lopen"“. Ajax1.nl (2013-yil 1-iyul). Qaraldi: 2013-yil 22-avgust.
  8. „Official: Lyon sign Kenny Tete from Ajax“. Get Football News (2017-yil 10-iyul). Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 „Kenny Tete signs“. Fulham FC (2020-yil 10-sentyabr).
  10. „Lyon concedes two late goals in 3-3 home draw with Bordeaux“. Chicago Tribune (2017-yil 19-avgust). Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  11. „Ipswich 0–1 Fulham“. Fulham FC (2020-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
  12. „Reading 0-7 Fulham“. BBC (2022-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 18-yanvar.
  13. Johnston. „Fulham 2–2 Liverpool“. BBC Sport (2022-yil 6-avgust). Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  14. „Oranje onder-17 verslaat Frankrijk 1-0“. KNVB.nl (2012-yil 3-fevral). 2013-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-avgust.
  15. „Blind names first Netherlands squad: Tete, Riedewald and Anita included“. football-oranje.com (2015-yil 21-avgust). Qaraldi: 2015-yil 1-sentyabr.
  16. „Kazakhstan 1-2 Netherlands“. BBC (2015-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 11-oktyabr.
  17. 17,0 17,1 „K. Tete“. Soccerway. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
  18. „Kenny Tete - Voetbal International profile“ (nl). vi.nl. Voetbal International. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
  19. „Kenny TETE - Football : la fiche de Kenny TETE (Lyon)“ (fr). worldfootball.net. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
  20. „Kenny Tete International“. Voetbalstats.nl.
  21. „Kenny Tete“. National-Football-Teams.com.
  22. „2016/17: United win it for Manchester“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2017-yil 30-may). 2017-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
  23. 23,0 23,1 „Kenny Tete - Profile with news, career statistics and history“. soccerway.com. Soccerway. Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
  24. „Championship: 2021/22: Current table“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 9-may.