Kaskad togʻlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kaskad togʻlari — Shim. Amerika Kordilyera togʻlari sistemasidagi togʻ tizmasi, AQSH va Kanadada. Uzunligi 1000 km ga yaqin. Eng baland joyi 4392 m (Reynir vulkani). Tizma yon bagʻirlarini kesib tushgan Kolumbiya, Freyzer, Klamat va b. daryolarda zinapoyasimon sharshara (kaskad)larning koʻpligidan K.t.ga shunday nom berilgan. K.t.ning zamini mezozoy kristalli jinslaridan tuzilgan, ularning ustini vulkan jinslari qoplagan. Rangli metall va oltin konlari topilgan. Vulkan konuslarining yon bagʻirlarida issiq buloq koʻp. Sernam gʻarbiy yon bagʻrida igna bargli qalin oʻrmonlar, sharqiy, quruq yon bagʻrida 2800–3000 m dan yuqorida subalp va alp oʻtloqlari, choʻqqilarida qor va muzliklar bor. Milliy parklar (KreyterLeyk, Maunt Reynir, Lassen-Volkanik) bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |