Kankan
Qiyofa
Kankan (frans. cancan — shovqinsuron) — fransuzcha raqs, asli Jazoirdan kirib kelgan. 19- a.ning 30—yillarida Parijda bal raqsi sifatida paydo boʻlgan. Oʻlchovi 2/4, surʼati tez, chaqqon. Sakrash, oyoqni siltab oldinga koʻtarish kabi harakatlar xosdir. Fransuz mumtoz operettasi (J.Offenbax), keyinchalik fransuz estradasi (kafeshantanlar)da keng tarqalgan[1].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |