Kontent qismiga oʻtish

Jyvaskyla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jyväskylä
Kommuna
Skyline of Jyväskylä
Mamlakat Finlandiya
Maydon 1.46635 km2 (0.56616 kv mi)
Aholisi
 (2017)
139,260
Vaqt mintaqasi UTC+02.00, yozda UTC+3

Jyvaskyla — Finlandiyada joylashgan viloyat markazi. Shahar Päijänne koʻlining shimoliy qirgʻogʻida joylashgan. Maydoni 1,466,35 km² [1], shahar aholisi 2017- yil 31-avgust holatiga koʻra 139 260 kishi[2].

Jyväskyläda Finlandiya havo kuchlarining bosh qarorgohi joylashgan boʻlib, bu joy Tikkakoski deb ataladi. Shahar shuningdek, Jyväskylä sanʼat festivaliga mezbonlik qiladi.

Jyväskylä hududida tosh davriga oid arxeologik topilmalar mavjud. Mavjud boʻlgan eng qadimgi soliq hujjatlariga (maakirja) koʻra, 1539-yilda bu hududda yettita manzilgoh topilgan.

Jyväskylä shahri 1837-yil 22-martda podsho Nikolay I buyrugʻi bilan tashkil etilgan[3].1850-1860-yillarda maktablarning tashkil etilishi, Jyväskylaning keyingi rivojlanishidagi eng muhim qadam boʻldi.

20-asr boshlarida shahar bir necha bor kengaytirildi. Bugungi Jyväskylä davomiy urushlardan soʻng, Kareliya va mamlakatning boshqa qismlaridan qochqinlarning shaharga koʻchirilishi sababli uy-joyga boʻlgan ehtiyoj natijasida qurilgan. Jyväskylä 2000-yillar mobaynida tez oʻsishda davom etdi [4].

Jyväskylä anʼanaviy taʼlim markazi sifatida tanilgan. Finlandiya milliy dostoni Kalevalaning tuzuvchisi Elias Lyonnrot, taʼlim markazi sifatidagi katta roli uchun shaharga „Finlandiya Afinasi“ laqabini berdi [3][5]. Jyväskylä universiteti Finlandiyaning eng mashhur universitetlaridan biridir. Bundan tashqari, shaharda JAMK Amaliy Fanlar Universiteti va HUMAK Amaliy Fanlar Universiteti ham joylashgan.

Jyväskylä, Jahon Ralli Chempionatining bir qismi boʻlgan Finlandiya Neste Oil Rally uchun mezbon vazifasini oʻtamoqda. Shaharda, shuningdek, Ligada oʻynaydigan JYP Jyväskylä nomli xokkey jamoasi va Veikkausliigada oʻynaydigan Jyväskylän Jalkapalloklubi nomli futbol jamoasi mavjud.

Shaharga Jyväskylä temir yoʻl vokzali va 19 km shimolda joylashgan Tikkakoskida qurilgan Jyväskylä aeroporti xizmat koʻrsatadi.

Qardosh shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jyväskylä Eurotowns tarmogʻining bir qismi boʻlib, quyidagi shaharlar bilan qardosh shahar shartnomalariga ega. 

  1. „Pinta-alat kunnittain (Excel)“ (Fince). Maanmittauslaitos (1 Ocak 2017). 4 ekim 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23 kasım 2017.
  2. „Ennakkoväkiluku sukupuolen mukaan alueittain, elokuu 2017“ (Fince). Tilastokeskus (31 ağustos 2017). 20 ekim 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23 kasım 2017.
  3. 3,0 3,1 „Jyväskylä - Suomen Ateena“ (Fince). Jyväskylä - Suomen Ateena. Yle (2007). 1 aralık 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23 kasım 2017.
  4. „Jyväskylän kaupungin väestöarvio“ (Fince). Väestötilastoja. Jyväskylä şehri (2012). 16 aralık 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23 kasım 2017.
  5. „Bene veniatis in urbem Jyväskylä“. Jyväskylä şehri (ağustos 2008). 16 aralık 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23 kasım 2017.
  • Rasmiy sayti