Jinsiy jinoyatlar
Qiyofa
Jinsiy jinoyatlar — jinsiy erkinlik va daxlsizlikka jinoiy tarzda tajovuz qilish. Jinoyat huquqiga binoan, jamiyatda shakllangan jinsiy axloq qonun-qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan shaxslar qonunga koʻra tegishlicha jazolanadi. Oʻzbekiston Respublikasi JKga muvofiq, quyidagi qilmishlar J. j. sirasiga kiradi: nomusga tegish; jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib, gʻayritabiiy usulda qondirish; besoqolbozlik; ayolni jinsiy aloqaga majbur etish; 16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish. Bu xil jinoyatlar, odatda, jabrlanuvchiga zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib, ruhiy zaifligidan, yoshligidan foydalanib sodir etiladi. J. j. uchun qattiq jazo belgilangan (Oʻzbekiston Respublikasi JK 118—121, 128—129 moddalar).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |