Izobarlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Izobarlar (qadimgi yunoncha: ἴσος, isos va βάρος, baros — „vazn“, „ogʻirlik“) — bir xil sondagi nuklonlar A dan, lekin soni har xil boʻlgan protonlar Zea neytronlar N dan tashkil topgan turli kimyoviy elementlarning atomlari tarkibidagi yadrolar (mas, 32Ge77, 33As77, 34Se77 va b.). Neytron massasi proton massasidan 1,3 MeV ga katta. Shuning uchun izobarlar bir xil nuklonlarga ega boʻlishiga qaramay, neytronlar va protonlar soni turli miqdorda boʻlganligi uchun, massalari boʻyicha birbiridan farq qiladi. Yadrodagi neytronlar sonining protonlar soniga nisbati N/Z nuklonlar miqdori A ortishi bilan maʼlum qonu-niyat boʻyicha koʻpayib borsa, turgʻun izobarlar deyiladi. Yengil yadrolar uchun bu nis-bat birga, nuklonlar soni taxminan 185 gacha ortganida u 1,5 ga teng boʻladi. Masalan, 34Se77 ga oʻxshash izobarlar turgʻun yadrolar hisoblanadi. Chunki bu yadrolarning tarki-bida 34 ta proton va 43 ta neytron mavjud boʻlib, u qonuniyat boʻyicha anik/gangan songa teng: =1,26. Ammo yadrodagi neytronlar sonining protonlar soniga nisbati turgun izobarlar uchun aniqlangan sondan farqli boʻlsa, bunday izobarlar radioaktivlik xususiyatiga ega boʻladi. Masalan, „As71, zge77 va b- R-radioaktivlikka ega. ,4e“ protonlarining soni koʻp boʻlganlari esa, mas, 3,Vg77, zbKg77 va b. radioaktivlik xususiyatiga ega boʻlib, pozitron chiqarib parchalanib turadi.[1]