Kontent qismiga oʻtish

Ichki geometriya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ichki geometriya — geometriyaning egri sirt ustida bajariladigan turli oʻlchashlar bilan bogʻliq xossalar (sirtning ichki xossalari) oʻrganiladigan boʻlimi. Masalan, sirtni egish natijasida sirt ustidagi chizikning uzunligi oʻzgarmaydi, ammo uning egriligi oʻzgara boradi. Egri chiziq yoyining uzunligi, ikki chiziqning kesishgan nuqtasida hosil boʻlgan burchak, figura yuzi I. g.da asosiy tushunchalardir. Efi sirt ustidagi geodezik chiziqlar toʻgʻri chiziklar vazifasini bajaradi. Sirtlar I.g.si K. f. Gauss kiritgan birinchi kvadratik formaga muvofiq oʻrganiladi (qarang Differensial geometriya). Tekislik I. g.si planimetriya, sfera I. g.si esa sferik geometriya hisoblanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil