Hayotxon Ortiqboyeva
Hayotxon Ortiqboyeva | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1946-yil 10-oktyabr Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston |
Millati | Oʻzbek |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi |
Taʼlim | Toshkent davlat pedagogika universiteti |
Kasbi | Senator |
Mukofotlari |
Hayotxon Ortiqboyeva (1946-yil 10-oktyabr Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston) – Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati, 2004–2009-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, shuningdek, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati boʻlimi mas’ul rahbari[1][2].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hayotxon Ortiqboyeva 1946-yining 10-oktyabr sanasida Sirdaryo viloyati, Guliston tumanining Yulduz qishlogʻida dehqonlar oilasida tavllud topgan. Maktabni bitirgach 1964 – 1969-yillar oraligʻida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining tarix fakultetiga oʻqishgan. Ish faoliyatini birinchi boʻlib maktabda oʻqituvchilikdan boshlagan. Keyinchalik bogʻcha mudirasi, 1979 – 1989-yillarda „Sirdaryo haqiqati“ gazetasida, boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1989 – 1990-yilda Guliston yangiliklari (ruscha: Гулистанские новости) gazetasida bosh muharriri lavozimida ishlagan.
1991-yildan Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi raisining mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida, 1998-yildan boshlab Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati boʻlimining rahbari sifatida ish olib boradi[3]. 2002 – 2005-yil oraligʻida Sirdaryo viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining oʻrinbosari vazifasida ish olib borgan[4].
Ortiqboyeva 1989-yildan beri Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati, 2004 – 2009-yillarda esa Oʻzbekiston respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi boʻlib xizmat qilgan[1][5].
Ortiqboyevaning „Koʻklam ertaklari“, „Feruza oqshomlar“, „Humolari qaytgan yurt“, „Koʻklam ertaklari“, „Oy qoʻngan ayvon“ „Humolari qaytgan yurt“, „Ne baxt bu diydor“, „Oy qoʻngan ayvon“ sheʼriy toʻplamlari chiqarilgan. Shu bilan birga, respublika va viloyat gazeta va jurnallarida doimiy tarzda sheʼrlari, hikoyalari, publitsistik maqolalari chop qilinib boriladi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hayotxon Ortiqboyevaga 2004-yili Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni, 2008-yilda esa „El-yurt hurmati“ ordeni berilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha kengash tarkibi tasdiqlandi“ (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
- ↑ https://teletype.in/@yosh_kitobxon_kitoblari_bot/lIxQGj8DJ Manba sanasi: 2020-yil 21-avgust. „Yosh kitobxon“ kitoblari
- ↑ „Senat shakllantirildi. Ilk majlis sanasi ham belgilandi“ (2020-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
- ↑ „Hayotxon Ortiqboyeva haqida ma'lumot“.
- ↑ „IBRATLI HAYOT YO‘LI“ (2023-yil 6-mart). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari
- Senatorlar
- Yashayotgan insonlar
- 1946-yilda tugʻilganlar
- 10-oktyabrda tugʻilganlar
- Shoiralar
- Oʻzbekiston deputatlari
- Deputatlar
- Sirdaryoda tugʻilganlar
- Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zolari