Kontent qismiga oʻtish

Haqnazarxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Haqnazarxon
qozoqcha: Хақназар хан
Qozoq xonligi xoni
Mansab davri
1538 – 1580
Avvalgisi Buydashxon
Keyingisi Shigʻayxon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1509-yil
Qozoq xonligi
Vafoti 1580-yil 18-may
Qozoq xonligi
Bolalari oʻgʻillari: Mungʻatay Sulton, Dinmuhammad Sulton, Bozgʻil Sulton
Onasi Xanik Sulton Xonim
Otasi Qosimxon
Dini islom sunniylik
Janglari Qozoq xonligidagi ichki urush
Noʻgʻay Oʻrdasiga qarshi yurishi (1568)

Haqnazarxon, Haqnazar Sulton (?—1580) — qozoqlar xoni (1538-yildan). Otasi Qosimxon kabi hokimiyatini mustahkamlash, xonlik hududini kengaytirishga harakat qilgan. Noʻgʻay oʻrdasidagi oʻzaro ichki nizolardan foydalanib oʻrdaga tobe qozoq urugʻlarining bir qismini oʻziga boʻysundirgan. Moʻuliston xonlari bilan uzoq muddat kurash olib borgan. 50-yillarning oxirida H. Sirdaryo boʻyidagi savdohunarmandchilik markazla-, ri va Toshkentni bosib olish uchun shayboniylardan Bobo sulton va Ab-dullaxon II bilan kurashgan. 1573-yil rus hukumati H. bilan oʻzaro aloqa bogʻlashga uringan. Rivoyatlarga koʻra, qozoqlarning 3 ta juzga ajralishi H. nomi bilan bogliq boʻlgan.

  • Materialm po istorii kazaxskix xanstv XV-XVIII vekov, Alma-Ata, 1969.