Frittlar
Frittlar (ital. fritta, frigo — qovuraman, quritaman) — shisha yoki keramikaning mikroelementlar (bor, pyx, marganets, molibden, mis, temir) bilan qotishmasi holidagi mikrooʻgʻit. Taʼsir etuvchi moddalar miqdori frittlar tayyorlash texnologiyasiga bogʻliq. Koʻproq konsentrlangan borli frittlarda 6% gacha, misli frittlarda 15,2% gacha, ruxli frittlarda 19% gacha, marganetsli frittlarda 26% gacha, molibdenli frittlarda 4,5% gacha mikroelement boʻladi. Frittlar oʻsimliklar mikroelementlar bilan bir tekisda oziqlanadigan manbadir. Frittlar tuprokda sekin eriydi (nordon muhitda tezroq), mikroelementlar yuvilib ketmasligi sababli oʻsimliklar bir necha yil davomida oʻzlashtiradi. Frittlar oʻsimlik oʻsishini, mahsulot sifatini yaxshllaydi, baʼzi fermentlar, mas, askorbinoksidaza, peroksidaza, polifenokendazalar faolligani oshiradi, barg toʻqimalarining oksidlanishini kamaytiradi. Juda maydalangan frittlar tuproqqa asosiy ishlov berishda yoki ekish paytida organik va mineral oʻgʻitlar bilan birga solinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |