Kontent qismiga oʻtish

Fritterlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Fritters — xamir magʻzi toldirilib, qovurib pishirilgan pazandachilik mahsuloti[1]. Pishiriqlar ichini toʻldirishda meva, sabzavot, goʻsht, dengiz mahsulotlari ishlatiladi. Koʻpincha nonushtada yeyiladi, shuningdek, maktab taomnomalarida, koʻcha taomlari sifatida, shirin namunalari — shirinlik sifatida tortiladi[2][3][1][4]. Rus va ukrain oshxonalarida mashhur boʻlgan pishiriqlar xamir tarkibi va magʻzi toʻldirilishi bilan farqlanadi.

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fritters ogʻir taom hisoblansa-da, asrlar davomida tayyorlanadi va aholi orasida mashhur. Qadim zamonlardan beri xamirga goʻsht va baliq boʻlaklari, sabzavotlar, ildizmevalar, ziravorlangan koʻkatlar, pastırma kubiklari va hatto xushboʻy gullar solib qovurilgan. XVII asrda ismaloq barglari, salat barglari, uzum barglari, yosh artishoklar solib xamirda qovurilgan taomlar haqida eslatmalar paydo boʻlgan. Xamir yumshoqqina achishi uchun unga pivo yoki sharob bilan aralashtirilib qorilgan. Keyinchalik, xamirga alohida koʻpirtirib olingan tuxum oqlari ham qoʻshilgan.[5]

Fritters asosan ikki usukda tayyorlanadi. Britaniya oshxonasida bu pishiriq kartoshka boʻlagi, ananas halqasi, olma boʻlagi, nok halqasi, noʻxat pyuresi solingan xamirning qovurilishini anglatadi[6]. Maktab oshxonalarida shu usulda konservalangan vetchinalar ham tayyorlanadi. Ayni tayyorlash uslubi, koʻpincha, Osiyo oshxonasi, jumladan hind (pakora), xitoy, yapon (tempura) pazandachiligida koʻp qoʻllanadi. Qovoq, dengiz mahsulotlari, banan, tofu ichiga solinadigan masalliq sifatida ishlatiladi.[5]

Qoʻshma Shtatlarda bu pishiriqlar odatda mayda toʻgʻralgan masalliqlar bilan aralashtirib tovada yoki frityurda qovuriladi. Eng mashhur reseptlarda xamirga olma, konservalangan makkajoʻxori va qovoq solinadi. Qisqichbaqali (krab) kotletchalar va molyuska qoʻshilgan pirojkalar ham Fritters hisoblanad[7][8]. Avstraliyada makkajoʻxori fritterlari juda mashhur, Yangi Zelandiyada esa kichik baliqlar solinadi[9].

Tayyorlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fritter xamiri odatda tuxum, sut va undan tayyorlanadi. Baʼzan un va suvdan chuchuk xamir yoki xamirturush qoʻshilgan xamir qoriladi. Bugʻdoy unidan tashqari, makkajoʻxori uni ishlatiladi.Glyutensiz pishiriq uchun guruch unidan xamir qoriladi. Xamir juda yumshoq ham, zich ham boʻlmasligi kerak. Koʻpchishi uchun uchun yumshatgich ishlatiladi, baʼzan fermentlangan ichimliklar koʻpirtirilgan tuxum oqiga qoʻshiladi.

Fritters 180 °C darajachaga qizdirilgan yogʻda qovuriladi. Pishirish jarayonida yogʻ sovib ketmasligi uchun kam-kamdan solinadi. Pishiriqning ikki tomoni 3-5 daqiqa qovuriladi, keyin ortiqcha yogʻ oqishi uchun salfetkaga qoʻyiladi[1][10]. Fritters yangi qovurilgan issiqqina holatida mazali boʻladi, shuning uchun odatda pishirilgandan soʻng darhol isteʼmol qilinadi.

  1. 1,0 1,1 1,2 Gisslen, W.. Professional Baking. Wiley, 2004 — 189-bet. ISBN 978-0-471-46427-3. 
  2. Grand Diplome Cooking Course. Taylor & Francis US — 58-bet. 
  3. Co., Royal Baking Powder. The Royal Baker and Pastry Cook, 2009 — 7-bet. ISBN 978-1-4344-5495-9. 
  4. Shields, D. S.. Southern Provisions: The Creation and Revival of a Cuisine. University of Chicago Press, 2015 — 158-bet. ISBN 978-0-226-14125-1. 
  5. 5,0 5,1 Davidson A., Jaine T. „Fritter“, . The Oxford Companion to Food, 3rd ed., Oxford University Press, 2014. 
  6. Raffald, E.. The experienced English house-keeper, consisting of near 800 original receipts, 1808 — 118-bet. 
  7. Verstille, E. J.. Verstille's Southern Cookery, American Antiquarian Cookbook Collection. American Antiquarian Society, 1812–1876 — 168-bet. ISBN 978-1-4494-3629-2. 
  8. „Фриттеры: новый взгляд на приготовление во фритюре“. Steak Lovers.
  9. Fodor's New Zealand.  |серия=Fodor's New Zealand |год=2010 |isbn=978-1-4000-0841-4 |ссылка=https://books.google.com/books?id=kpJ7O_Y3IY4C&pg=PA53 |страницы=53 |ref=Bloom |язык=und |автор=Bloom, A.; Wechter, E.B.}}
  10. „Фриттеры — непростые оладьи“. Racion (2013-yil 5-iyul).


  • Charles Sinclair. fritter // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 232. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.
  • Erhard Gorys. Fritters // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 160. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.