Fin qoʻltigʻi
Fin qoʻltigʻi (inglizcha: Gulf of Finland) - Boltiq dengizining sharqiy qismidagi qoʻltiq. Rossiya Federatsiyasi, Finlandiya, Estoniya sohillari oraligida. Maydoni 30 ming km². Uzunligi 390 km, eni kiraverish qismida 70 km. Qirgʻoqlari shim.da qoyali va shxera tipli, jan. va sharqida past. Qoʻltiqning sharqiy qismi — Neva qoʻltiqchasiga Neva, shuningdek, Narva, Lucha daryolari quyiladi. Chuqurligi gʻarbida 100 m, sharqida 7 m. Orol koʻp. Suvning yuza qismida temperatura qishda 0° dan past, avgustda 15—17°. Noyab. oxiridan attr. oxirigacha muz bilan qoplanadi. Shoʻrligi 2—5‰. Katta kemalarning SanktPeterburg portiga kirish uchun Fin qoʻltigʻida Dengiz kanali qazilgan. Suv sathining balandligi shamollar va atmosfera bosimi taʼsirida oʻzgarib turadi. Natijada Neva qoʻltiqchasida suv koʻtarilib, SanktPeterburgda toshqinlar boʻladi. Fin qoʻltigʻi sohilidagi yirik portlar: SanktPeterburg, Viborg (RF), Tallinn (Estoniya), Helsinki, Kotka (Finlandiya).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |