Kontent qismiga oʻtish

Feruzshoh madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Feruzshoh madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Jaloliddin Feruzshoh
Homiylar Jaloliddin Feruzshoh
Binokorlik XIV asr oxiri—XV asr birinchi yarmi—???
Holati Saqlanib qolmagan
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Feruzshoh madrasasi — Samarqand madrasasi. Feruzshoh madrasasi XIV asr oxiri—XV asr birinchi yarmida Samarqandda Temuriylar sulolasi davrida Jaloliddin Feruzshoh tomonidan bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Mazkur madrasaga oid maʼlumotlar Xoja Ahror Valiy madrasa vaqf hujjatidan topilgan. Ushbu dargoh Darbi Aliya (Aliya qapugʻi) koʻchasida joylashgan boʻlgan. Mazkur madrasaga oid maʼlumotlar V. L. Vyatkin va M. E. Masson tadqiqotlarida ham uchraydi. Ular „Oliya qapugʻi“ (Darbi Oliya) koʻchasi haqida soʻz yuritib, uni „Feruza qapugʻi“ning yana bir nomi ekanligni toʻxtalib oʻtishgan. Xoja Ahror Valiy madrasa vaqf yerlarining 7 boʻlagi Feruzshoh madrasasi bilan chegaradosh boʻlgan. Mazkur vaqf mulklari Darzab mavzelarida Bazguna va Maydan, Katta Soʻgʻd tumanidagi Andak Karix kabi hududlarda mavjud boʻlgan. Abdusattor Jumanazarov fikriga koʻra 3 yoki 4- darajali oliy toifaga mansub boʻlgan. Mahkamoy Tursunova tadqiqotlariga koʻra XIV asr oxirlarida madrasa bunyod etilgan[1]. Fasih Xavofiy maʼlumotlariga koʻra, Jaloliddin Feruzshoh madrasasida shayxulislom mavlona Shamsiddin shayx Muhammad Kirongiy mudarrislik qilgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Mazkur madrasa shoʻrolar davrida buzilib ketgan[2].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feruzshoh madrasasi ikki qavatdan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.

  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520-bet.