Kontent qismiga oʻtish

Evan Peters

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Evan Peters
Tavalludi 20-yanvar 1987
Fuqaroligi AQSh

Evan Thomas Peters (20-yanvar 1987-yil[1], Sent-Luis, Missuri, AQSH) – amerikalik kino va televideniye aktyori. U „Gʻaroyib odamlar: Oʻtgan kelajak“ (2014), „Gʻaroyib odamlar: Hal qiluvchi on“ (2016) va "Gʻaroyib odamlar: Feniks zulmati" (2019) filmlarida „Peter Maximoff/Quicksilver“ rolini oʻynaganligi bilan mashhur. Antologiya teleseriali, Amerika dahshatli hikoyasi (2011-2018, 2020- hozirgi). 2021-yilda Evan „Meir of Easttown“ miniserialidagi detektiv Kolin Zabel obrazi uchun Emmi mukofotiga sazovor boʻldi.

Evan Peters Missuri shtatining Sent-Luis shahrida tugʻilgan va Balvin chekkasida oʻsgan[2], Evan Peters – Julia va Fil Petersning oʻgʻli[1]. Uning otasi Charlz Styuart Mott fondining vitse-prezidenti[3]. Peters Rim-katolik dinida tarbiyalangan va katolik maktabida oʻqigan[4]. Uning akasi Endryu va otasi tomonidan kattaroq oʻgay opasi Mishel bor[1]. 2001-yilda Peters oilasi bilan Michigan shtatidagi Grand Blanc shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda aktyorlik boʻyicha tahsil oldi[3].

  1. 1,0 1,1 1,2 „Evan Peters“ (inglizcha). TVGuide.com. 5-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-yanvar 2014-yil.
  2. „Young Grand Blanc Township actor Evan Peters finds full-time acting work“ (inglizcha). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2018-yil.
  3. 3,0 3,1 Rauschert, Jeff „Young Grand Blanc Township actor Evan Peters finds full-time acting work“ (inglizcha). Flint Journal (18-mart 2008-yil). 2014-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyul 2013-yil.
  4. „Sean Faris and Evan Peters Interviews“ (inglizcha). About Entertainment. 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2017-yil.