Ellada qahramonlari
Muallif(lar) | Vera Smirnova (tayyorlovchi) |
---|---|
Tarjimon(lar) | Mirziyod Mirzoidov |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | afsona |
Nashr etilgan sanasi | 1953 |
Nashriyot | OʻzSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1957 |
„Ellada qahramonlari“ (ruscha: Герои Эллады), toʻliq nomi „Ellada qahramonlari. Qadimgi Gresiya afsonalaridan“ (ruscha: Герои Эллады. из мифов Древней Греции) – yunon xalq afsonalari toʻplami. Toʻplamni rus bolalar yozuvchisi Vera Smirnova tuzgan va bolalar uchun moslashtirib, nashrga tayyorlagan.
„Ellada qahramonlari“ toʻplamini Mirziyod Mirzoidov oʻzbek tiliga tarjima qilgan[1]. Oʻzbekcha tarjima ikki marta nashr qilingan. Birinchi nashr 1957-yil OʻzSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyotida, ikkinchi nashri 1976-yil „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.
Afsonalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oltin junli qoʻchqor
- Bir oyogʻiga shippak kiygan odam
- Joʻnab ketish
- Lemnos orolida
- Ayiq togʻi
- Kemadagi janjal
- Bebriklar mamlakatida
- Argonavtlar Salmidessda. Finey kaptari
- Ochilib-yopilib turadigan qoyalar orasida
- Yoʻl oxiri
- Yazon Kolxida shohi huzurida
- Sehrgar Medeya
- Ares dalasida
- Oltin junli terini olib qochish
- „Argo“ning qaytib kelishi
- Yazonning oʻlimi
- Qahramonning tugʻilishi
- Gera Geraklni halok etmoqchi boʻladi
- Yoʻl tanlash
- Birinchi qahramonlik. Gerakl Nemey arslonini oʻldiradi
- Ikkinchi qahramonlik. Gerakl Lerney ajdahosini oʻldiradi
- Uchinchi qahramonlik. Greakl Keriney ohusini quvib yetadi
- Toʻrtinchi qahramonlik. Gerakl yerni Erimanf toʻngʻizidan xalos qiladi
- Beshinchi qahramonlik. Gerakl Stimfal qushlarini haydab yuboradi
- Oltinchi qahramonlik. Gerakl Avgiy otxonasini tozalaydi
- Yettinchi qahramonlik. Gerakl Krit buqasini boʻysundiradi
- Sakkizinchi qahramonlik. Gerakl Diomedning otlarini olib keladi
- Toʻqqizinchi qahramonlik. Gerakl jangda yengib, Ippolitaning kamarini olib keladi
- Oʻninchi qahramonlik. Gerakl okeanga yoʻl ochadi va Garionning podasini haydab keladi
- Oʻn birinchi qahramonlik. Gerakl dunyoning chekkasiga borib, Gesperidalarning olmasini olib keladi
- Oʻn ikkinchi qahramonlik. Gerakl oʻliklar dunyosiga tushadi va Kerberni yengadi
- Gerakl asirlikda
- Gerakl Prometeyni ozod qiladi
- Geraklning oʻlimi
Oʻzbekcha tarjimasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Ellada qahramonlari“ toʻlamini oʻzbek tiliga 1955-yil „Detgiz“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Mirziyod Mirzoidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha tarjima ikki marta nashr qilingan. Birinchi nashr OʻzSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyotida, ikkinchi nashri 1976-yil „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Rejissyor Olimjon Salimov „Oyina“ nashri uchun tuzgan muhim adabiy asarlar roʻyxatiga „Ellada qahramonlari“ toʻplamini kiritgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Амир Файзулла, Отабек Сафаров. Ўзбек таржимачилигининг муносиб вориси (Мирзиёд Мирзоидов)“. Ziyouz (14-may 2019-yil). Qaraldi: 5-iyul 2024-yil.
- ↑ „Oʻzbekiston xalq artisti Olimjon Salimov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi“. Oyina (5-dekabr 2023-yil). Qaraldi: 5-iyul 2024-yil.[sayt ishlamaydi]