Kontent qismiga oʻtish

Dandi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dandi — Buyuk Britaniyaning shim.-sharqidagi shahar, Shotlandiyada. Teysand rayonining maʼmuriy markazi. Aholisi 167 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oxiri). Shim. dengizning Fert-of-Tey qoʻltigʻidagi port, temir yoʻl tuguni. Jut sanoatining yirik markazi. Kemasozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik mashinasozligi, soatsozlik, elektronika, poligrafiya, kimyo, oziq-ovqat sanoati va metall quyish korxonalari; universitet bor. 15— 18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil