Damanlar
Damanlar | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Damanlar, jiryaklar (Nugacoidea) — yoʻldoshli sut emizuvchilar turkumi. Tanasining uz. 30—60 sm vazni 1,5—4,5 kg . Tashqi koʻrinishi kemiruvchilarga oʻxshasada, filogenetik jihatdan hartumlilarga yaqinroq. Ustki labi ayri, oldingi oyoqlari 4, keyingi oyoklari 3 barmoqli boʻlib, tuyoqsimon tirnoqlar bilan qoplangan. Oldingi kurak tishlarining orqa tomonida emali boʻlmaydi va doim oʻsib turadi. Hoz. D. bitta oilaga mansub boʻlgan 2—3 urugʻ (7—12 tur)dan iborat. Afrikada va Osiyoda (Arabiston yarim orolidan Suriyagacha) tarqalgan. Oʻrmonlarda yakka-yakka va togʻlarda 4,5 ming m gacha balandlikda koloniya boʻlib yashaydi. Yerda yoki daraxtda hayot kechiradigan serharakat, asosan, oʻtxoʻr hayvonlar. Yilda bir marta 1—3 tadan bolalaydi. Goʻshti uchun ovlanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |