Carli Lloyd
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Carli Anne Hollins[1] | ||
Tavallud sanasi | 16-iyul 1982-yil | ||
Tavallud joyi | Delran Township, New Jersey, AQSH | ||
Boʻyi | 5 ft 7 in[2] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Mukofotlari |
|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cccccc;" | Olimpiada oʻyinlari |- | style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:gold" | Oltin|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 2008 Beijing|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | Team |- | style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:gold" | Oltin|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 2012 London|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | Team |- | style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cc9966" | Bronza|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 2020 Tokyo|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | Team |- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cccccc;" | FIFA Women's World Cup |- | style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cc9966" | Bronza|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 2007 China|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | Team |- | style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:silver" | Kumush|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 2011 Germany|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | Team |- | style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:gold" | Oltin|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 2015 Canada|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | Team |- | style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:gold" | Oltin|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 2019 France|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | Team | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1999 | Central Jersey Splash | (11) | |
2000 | New Brunswick Power | (10) | |
2001 | South Jersey Banshees | (10) | |
2004 | New Jersey Wildcats | 1 | (1) |
2009 | Chicago Red Stars | 16 | (2) |
2010 | Sky Blue FC | 5 | (0) |
2011 | Atlanta Beat | 10 | (2) |
2013—2014 | Western New York Flash | 34 | (16) |
2015—2017 | Houston Dash | 27 | (11) |
2017 | → Manchester City (Ijara) | 6 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2002—2005 | AQSH U21 | ||
2005—2021 | AQSH | 316 | (134) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (29-aprel 2019-yil uchun) |
Carli Anne Hollins (Turmushga chiqquncha:Lloyd, 1982-yil 16-iyulda tugʻilgan) - sobiq amerikalik professional futbolchi. U ikki karra Olimpiada oltin medali sohibi (2008 va 2012), ikki karra FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati chempioni (2015 va 2019), ikki karra FIFA tomonidan yilning eng yaxshi oʻyinchisi (2015 va 2016)[3] va toʻrt karra olimpiada ishtirokchisi (2008, 2012, 2016 va 2021). Lloyd 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari va 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari finalida AQSHga oltin medalni olib kelgan gollarni kiritgan. Lloyd, shuningdek, Qoʻshma Shtatlarga 2015 va 2019 FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida, 2020-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritishda yordam bergan va 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida AQSh ikkinchi oʻrinni egallagan jamoa safida boʻlgan. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan soʻng Lloyd 2021-yilgi toʻrtta oʻrtoqlik oʻyinlaridan soʻng terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi[4]. Lloyd AQSH terma jamoasi safida 316 ta oʻyinda maydonga tushib, eng koʻp gol urgan beshinchi futbolchiga aylangan. 2021-yilning mart oyida u dunyodagi eng koʻp maosh oluvchi ayol futbolchi sifatida tan olingan[5]. U USWNT bilan soʻnggi xalqaro oʻyinini 2021-yil 26-oktyabrda, NJ/NY Gotham FC 2021-yilgi mavsum yakunida professional futboldan ketishidan oldin oʻtkazgan.
2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati finalida AQShning Yaponiya ustidan 5:2 hisobidagi gʻalabasi vaqtida Lloyd uchta gol urgan. Lloyd finalning dastlabki 16 daqiqasida uchta gol urdi, birinchi ikkitasi oʻyinning dastlabki besh daqiqasida va bir-biridan uch daqiqa farq bilan sodir boʻldi. U turnirning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida "Oltin toʻp" kubogini oldi va turnir davomida oltita gol va bitta golli uzatma uchun Kumush butsani qoʻlga kiritdi[6].
U ilgari ayollar professional futbolida (WPS) Chicago Red Stars, Sky Blue FC va Atlanta Beat klublarida oʻynagan. 2013-yilda u Gʻarbiy New-York Flashga NWSLning ilk mavsumi uchun ijaraga olinid va jamoasiga chempionatda gʻalaba qozonishiga yordam berdi. Flash bilan ikki mavsumdan soʻng, u 2015-yilgi mavsum oldidan Houston Dashga, soʻngra 2018-yilgi mavsum oldidan Sky Bluega almashtirildi. Uning ”When Nobody Was Watching“(Hech kim tomosha qilmaganda) nomli xotira sahifalari 2016-yil sentyabr oyida chop etilgan[7].
Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stephen va Pamela Lloyd oilasida tugʻilgan Carli[8] Filadelfiyadan 20 daqiqa shimoli-sharqda Janubiy Jersey shtatida joylashgan Delran shaharchasida oʻsgan. Lloyd besh yoshida futbol oʻynay boshlagan[9]. Lloydning onasi Pamela yoshligida futbolga boʻlgan munosabati haqida shunday dedi: "Oʻsha yoshda u bolakay edi va oʻgʻil bolalar bilan futbol oʻynar va har doim buni yaxshi koʻrardi. Carli yoshligidanoq juda koʻp qobiliyatlarni koʻrsatdi va hamisha koʻp mehnat qilardi"[10]. Lloydning akasi Stiven va Eshli ismli singlisi bor[11]. Lloyd 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining AQShdagi ochilish oʻyinida ishtirok etdi va bu uni milliy terma jamoada oʻynashga boʻlgan ishtiyoqini yanada oshirdi[12].
Lloyd 1997-yildan 2000-yilgacha Delran oʻrta maktabida oʻqigan va u yerda marhum Rudi "Qizil baron" Klobach qoʻl ostida futbol oʻynagan[13]. Oʻrta maktab sportchisi sifatida u oʻzining ajoyib toʻp nazorati va yarim himoyadan toʻpni hujumga toʻpni uztishi bilan mashhur edi[10]. Oʻzining mavsumida u 26 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi hamda jamoasi sardori boʻlib, 18-3 rekordini koʻrsatdi. Filadelfiya Inquirer ikki marta 1999 va 2000-yillarda oʻzining Qizlar oʻrta maktabida yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi[14]. U ikki marta Star-Ledger All-State birinchi jamoasiga aʼzo boʻldi va 1999 va 2000-yilarda Parade All-Amerika sharafiga sazovor boʻldi. 2000-yilda u Kuryer-Postda yilning eng yaxshi futbolchisi va Janubiy Jersey futbol murabbiylari assotsiatsiyasi (SJSCA) yilning eng yaxshi yarim himoyachisi deb topildi.
Rutgers Scarlet Knights, 2001–2004
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lloyd 2001-yildan 2004-yilgacha Rutgers universitetida oʻqigan va bosh murabbiy Glenn Kruks qoʻl ostida " Scarlet Knights " ayollar futbol jamoasida oʻynagan. U ketma-ket toʻrt yil davomida "Katta Sharq " birinchi jamoasi deb topilgan - bu Rutgersdagi birinchi sportchi degani edi. U kollejdagi karyerasini ochkolar (117), gollar (50) va zarbalar boʻyicha maktabning barcha vaqtlardagi yetakchisi sifatida yakunlagan[13].
Oʻzining birinchi mavsumida Lloyd har bir oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va jami 37 ochko toʻplagan holda 15 gol bilan jamoaning yetakchi toʻpurari boʻldi. U Soccer Americaning All-Freshman Team aʼzosi boʻldi va "Big East Rookie" sovrinini qoʻlga kiritgan birinchi Rutgers oʻyinchisi boʻldi[13]. Ikkinchi kurs talabasi sifatida u ketma-ket ikkinchi mavsumda 12 gol, 31 ochko va yettita golli uzatma bilan jamoaning yetakchi toʻpurari boʻldi. Oʻsha yili Lloyd Hermann Trophy uchun nomzod sifatida qayt etildi, u kollej futbolchilari uchun eng yuqori mukofot hisoblangan. Scarlet Knights bilan uchinchi mavsumida u 13 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi va jami 28 ochko toʻpladi bu Big East Academic All-Star nomini olishga yetarli boʻldi[15]. Katta yoshlilar jamoasida u oʻynagan 20 oʻyinning 18 tasida asosiy tarkibda maydonga tushgan, 10 ta gol sohibiga aylangan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Lloyd 2004-yilning eng yaxshi Sharqiy yarim himoyachisi deb topilgan[16]. U Rutgers universitetida jismoniy mashqlar va sport tadqiqotlari boʻyicha bakalavr darajasini olgan[17].
2013-yilda Lloyd Rutgers bitiruvchilarnig sharaf zaliga kiritilgan[18][19].
Klubdagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]W-League Experience (1999—2004)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hali oʻrta maktabda oʻqib yurgan vaqtlarida Lloyd 1999-yilda W-League Central Jersey Splash, 2000-yilda New-Brunsvik Pauer va 2001-yilda Janubiy Jersi Banshi jamoalarida oʻynagan[20]. Ratgersdagi katta yilidan oldingi yozda Lloyd 2004-yilda New-Jersi Wildcats jamoasida jamoadoshlari Kelli Smit, Manya Makoski, Tobin Xit va Xezer OʻReyli bilan birga oʻynagan[21]. U klub safida faqat bir marta maydonga tushgan[13].
WPS yillari (2009—2011)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayollar professional futbol ligasining Amerika Qoʻshma Shtatlariga Ayollar Professional Futboli orqali qaytishi bilan Lloydning oʻyin huquqi 2008-yilda Chicago Red Starsga berildi[22]. Liganing ilk mavsumida u Chikagodagi 16 oʻyinining 14 tasida maydonda tushib jami 1313 daqiqa oʻynadi[23]. U ikkita gol urdi: bitta gol 25-aprel kuni jamoasining Boston Breykers ustidan 4:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinida 23-daqiqasida kiritilgan boʻlsa[24] va ikkinchisi 2-avgust kuni Los-Anjeles Soldan 3:1 hisobidagi magʻlubiyatga uchralgan oʻyining 24-daqiqasida kiritilgan[25]. “Qizil yulduzlar” mavsumni 5–10–5 hisobi bilan oltinchi oʻrinda yakunladi[26].
Western New York Flash (2013—2014)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yil 11-yanvarda Lloyd NWSL oʻyinchilarini taqsimlash doirasida yangi Milliy ayollar futbol ligasida Gʻarbiy New-York Flash jamoasiga qoʻshildi[27]. Yil boshida yelkasidan olgan jarohatidan tuzalgach, Lloyd 2013-yilning 12-mayida “Kansas City ”ga qarshi oʻyinda (2:1) “Flash”da debyut qildi[28]. U oʻzining sobiq klubi " Sky Blue FC" ga qarshi oʻyinda birinchi golini kiritib, "Flash"ning 3:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam berdi[29]. 28-iyun kuni " Washington Spirit "ga qarshi oʻyinda Lloyd xet-trik qayd etib, "Flash"ni 4:0 hisobida gʻalaba qozonishiga oʻz hissasini qoʻshdi[30]. Keyinchalik u oʻz faoliyati uchun NWSLda hafta oʻyinchisi deb topildi[31][32].
Houston Dash (2015—2017)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil 16-oktyabrda Lloyd Bekki Edvards, Uitni Engen va 2016-yilgi NWSL kolleji loyihasida uchinchi bosqich tanlovi evaziga Houston Dashga almashtirilgan[33].
Manchester City (2017-yil ijara)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil fevral oyida Lloyd FA WSL Spring Series uchun Manchester Cityga ijaraga asosida oʻtdi[34]. Lloyd "Manchester City"da boʻlganida, ular WSL bahorgi seriyasida ikkinchi oʻrinni egalladilar va 2016-17-yilgi Angliya ayollar kubogi finalida gʻolib chiqdilar[35]. Lloyd "City"dagi soʻnggi uchrashuvida 21-may kuni "Yovil Taun" aʼzosi Enni Xizersonning yuziga tirsak qoʻygani uchun maydondan chetlatilgan edi[36].
Sky Blue / NJ/NY Gotham (2018—2021)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning 18-yanvarida Lloyd Chicago Red Stars va Sky Blue FC bilan savdoda Dash tomonidan Jeyn Beki bilan birga Sky Blue FC (keyinchalik NJ/NY Gotham nomi bilan tanilgan)ga almashtirildi[37]. Lloyd 2018-yilda “Sky Blue” safida 18 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. U 2018-yilgi NWSL mavsumining soʻnggi kunida Orlando Pride ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonganda yagona golni urgan. Bu “Sky Blue”ning mavsumdagi birinchi va yagona gʻalabasi boʻldi[38]. U 2018-yilgi NWSL Ikkinchi kuchli 11 lik tarkibiga kiritilgan.
Xalqaro karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lloyd 2005-yilning 10-iyulida AQSH ayollar terma jamoasi safida ilk bor Ukrainaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. U ilk xalqaro golini 2006-yil 1-oktyabrda Tayvanga qarshi oʻyinda kiritdi. 2006-yilgi Toʻrt millat turnirida Lloyd uchinchi marta gʻalaba qozondi. Uning xalqaro faoliyatidagi dastlabki ikkita starti 2006-yilgi Algarve kubogida boʻlib, guruh oʻyinini Daniyaga qarshi va finalda Germaniyaga qarshi asosiy tarkibda boshladi. U 19ta oʻyindan 13tasida maydonga tushib, bitta gol urgan[13].
2007 FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa bilan dastlabki 24 oʻyinida bitta gol urgan Lloyd 2007-yilgi Algarve kubogida toʻrtta gol urdi. Turnirning eng yaxshi toʻpurari sifatida u eng qimmat oʻyinchi unvoniga sazovor boʻldi[39][40][41]. Lloyd milliy terma jamoadagi ilk dublini Yangi Zelandiyaga qarshi 6:1 hisobidagi gʻalabali uchrashuvda kiritgan.
2008-yil Pekin Olimpiadasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]KONKAKAF ayollar olimpiya saralash turnirining chempionlik uchrashuvida Lloyd AQSHning yagona golini qoʻshib berilgan vaqtda jarima zarbasidan kiritgan. Oxir-oqibat AQSh penaltilar seriyasida Kanadani 6:5 hisobida magʻlub etd[39]. 2008-yilgi Olimpiada oʻyinlarida u ikkita gol urdi: guruh bosqichida Yaponiyani 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan oʻyindagi gʻalaba goli va finalda Braziliyaga qarshi qoʻshimcha vaqtda yana bir gʻalabaga olib kelgan gol va bu gollar AQShga oltin medalni qoʻlga kiritishda yordam bergan[42].
2011 FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Lloyd Kolumbiyaga qarshi oʻyinda (3:0) yakuniy golni urdi va oʻzining birinchi Jahon chempionatidagi golini kiritgan[43][44]. Turnir davomida u Braziliyaga qarshi oʻyinda golli uzatma va bitta golga mualliflik qildi.Bu AQSHni yarim finalga olib chiqdi. Yarim finalda Fransiyani magʻlub etgan AQSH final oʻyinida Yaponiyaga penaltilar seriyasida magʻlubiyatga uchragan va kumush medalni AQSh terma jamoasi qoʻlga kiritdi[45].
2012-yil London Olimpiadasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guruhda gʻalaba qozonish va shu tariqa A guruhidan ikkinchi oʻrinni egallash uchun oʻyin AQSh va Meksika oʻrtasida oʻyin boʻlib oʻtgan. AQSh 2010-yilgi KONKAKAF ayollar oltin kubogi vaqtida Meksikaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan edi[46]. Bu safar AQSH Meksikani 4:0 hisobida magʻlub etdi va Lloyd faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etgan. Keyinchalik u oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[47].
2015 FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil aprel oyida Lloyd bosh murabbiy Jill Ellis tomonidan 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtadigan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun 23 oʻyinchi roʻyxatiga kiritilgan[48]. Lloyd jamoaning toʻrtta oʻyinida, jumladan Xitoyga qarshi chorak finalda jamoaga sardorlik qildi, u oʻzining gʻalaba golini[49] Germaniyaga qarshi yarim final va Yaponiyaga qarshi finalda[50][51] kiritgan. Turnir davomida oltita gol urib, toʻpurarlik seriyasi bilan yakunlagan, bu esa pley-off bosqichiga qadar davom etdi va Yaponiyaga qarshi final oʻyinida oʻyinning birinchi 16 daqiqasida xet-trik bilan yakunlandi. Oxirgi gol Reuters tomonidan "ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida guvoh boʻlgan eng ajoyib gollardan biri"[52] deb eʼtirof etildi.
2019 FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lloyd 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining dastlabki ikkita oʻyinida gol urdi; biri Tailandga, ikkinchisi Chiliga qarshi oʻyinda kiritilgan. Shunday qilib, u ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ketma-ket oltita oʻyinda gol urgan birinchi futbolchiga aylandi[53].
Jamoadagi 300-oʻyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 10-aprelda Lloyd Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 300-oʻyinda maydonga tushdi. Kristin Lilly va Kristi Pirsdan keyin bu muvaffaqiyatga erishgan uchinchi futbolchiga aylandi[54]. 2021-yil 14-iyun kuni u 38 yoshu 332 kunligida BBVA stadionida Yamayka ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan va shu tariqa Kristine Lilli (38 yosh, 264) rekordini yangilagan holda Qoʻshma Shtatlar uchun gol urgan eng keksa futbolchiga aylandi[55].
2020-yil Tokio Olimpiadasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 5-avgustda u 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining bronza medali uchun oʻtkazilgan oʻyinda Avstraliya ustidan 4-3 hisobida gʻalaba qozonib, ikkita gol urdi va Olimpiya oʻyinlarida gol urish boʻyicha AQSh ayollar rekordini oʻrnatdi, jami 10 ta gol bilan Ebbi Vambaxdan oʻzib ketdi[56]. Olimpiadadan soʻng Lloyd 2021-yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi[4][57].
Xalqaro maydondagi gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sana | Joy | Raqib | Oʻyindagi vaqt | # | Daq | Assist/pass | Natija | Hisob | Turnir | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2006-10-01[58] | Carson | 46-daqiqadan | 1.1 | 76 | Abby Wambach | 8-0 | 10-0 | Oʻrtoqlik oʻyinlari | |
2 | 2007-03-07[59] | Silves | Toʻliq | 1.1 | 38 | Stephanie Cox | 2-1 | 2-1 | Algarve kubogi | |
3 | 2007-03-09[60] | Ferreiras | 46-daqiqadan | 1.1 | 46 | Yoʻq | 1-0 | 1-0 | ||
4 | 2007-03-12[61] | Santo Antonio | Toʻliq | 1.1 | 44 | Stephanie Cox | 2-0 | 3-2 | ||
5 | 2007-03-14[62] | Santo Antonio | 83-daqiqadan | 1.1 | 51 | Yoʻq | 2-0 | 2-0 | Algarve kubogi | |
6 | 2007-07-14[63] | East Hartford | 73-daqiqadan | 1.1 | 66 | Kristine Lilly | 1-0 | 1-0 | Oʻrtoqlik oʻyini | |
7 | 2007-08-12[64] | Chicago | 29-daqiqadan | 2.1 | 34 | Shannon Boxx | 1-0 | 6-1 | Oʻrtoqlik | |
8 | 2.2 | 60 | Kristine Lilly | 3-0 | ||||||
9 | 2007-10-13[65] | St. Louis | 81-daqiqadan | 1.1 | 84 | Yoʻq | 5-1 | 5-1 | Oʻrtoqlik | |
10 | 2007-10-17[66] | Portland | 78-daqiqadan | 1.1 | 87 | Cat Whitehill | 4-0 | 4-0 | Oʻrtoqlik | |
11 | 2008-03-05[67] | Albufeira | Toʻliq | 1.1 | 69 | Natasha Kai | 4-0 | 4-0 | Algarve kubogi | |
12 | 2008-04-04[68] | Juárez | 46-daqiqadan | 1.1 | 16 | Abby Wambach | 1-0 | 6-0 | 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari | |
13 | 2008-04-13[69] | Juárez | Toʻliq | 1.1 | 107 | Yoʻq | 1-0 | 1-1 (6-5) | 2008-yilgi olimpiya oʻyinlari chorak final | |
14 | 2008-04-27[70] | Cary | Toʻliq | 1.1 | 91+ | Yoʻq | 3-1 | 3-1 | Oʻrtoqlik | |
15 | 2008-05-10[71] | Washington | Toʻliq | 1.1 | 63 | Abby Wambach | 4-0 | 6-0 | Friendly | |
16 | 2008-07-02[72] | Fredrikstad | Toʻliq | 1.1 | 52 | Natasha Kai | 2-0 | 4-0 | Oʻrtoqlik | |
17 | 2008-07-05[73] | Skellefteå | Toʻliq | 1.1 | 39 | Lindsay Tarpley | 1-0 | 1-0 | Oʻrtoqlik | |
18 | 2008-08-09[74] | Qinhuangdao | Toʻliq | 1.1 | 27 | Stephanie Cox | 1-0 | 1-0 | 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari | |
19 | 2008-08-21[75] | Beijing | Toʻliq | 1.1 | 96 | Amy Rodriguez | 1-0 | 1-0 | 2008-yil Olimpiya oʻyinlari | |
20 | 2010-03-03[76] | Faro | Toʻliq | 1.1 | 18 | Yoʻq | 1-0 | 3-2 | Algarve kubogi | |
Karyera statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaxsiy yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Algarve kubogi eng qimmat futbolchisi : 2007[77]
- AQShning eng yaxshi futbol sportchisi : 2008[78]
- FIFA Jahonning eng yaxshi futbolchisi roʻyxati : 2012[79] 2015[80] 2016[81]
- FIFA Pushkash mukofotiga nomzod: 2015[82]
- Haftaning NWSL futbolchisi : 2013-yil iyul[83] 2014-yil[84]
- NWSL oyning eng yaxshi futbolchisi : 2015-yil iyul[85]
- NWSL Ikkinchi XI: 2014[86] 2015[87] 2018[88]
- KONKAKAF yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: 2015[89]
- KONKAKAF yilning eng yaxshi goli: 2015[89]
- FIFA Ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati Oltin toʻp : 2015[6]
- FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati kumush butsasi : 2015[6]
- FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati yulduzlar jamoasi : 2015[90]
- FIFA Ayollar Jahon chempionati orzular jamoasi: 2015[91]
- FIFA Ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati turnirining eng yaxshi oʻyinchisi: 2015[92]
- Ayollar sport fondi yilning eng yaxshi sportchisi jamoa sporti mukofoti: 2015[93]
- Sports Illustrated Yilning eng yaxshi sportchisi nominatsiyasi: 2015[94]
- IFFHS dunyoning eng yaxshi ayol pleymeykeri : 2015[95]
- FIFA Jahonning eng yaxshi futbolchisi : 2015[96][97]
- FIFPro : FIFA FIFPro World XI 2015[98] 2016[99] 2021[100]
- 2016-yilgi ESPY mukofotining eng yaxshi chempionat koʻrsatkichi uchun nomzod[101]
- FIFAning eng yaxshi ayol futbolchisi : 2016[81]
- Nyu-Jersi shon-sharaf zaliga qabul qilingan : 2017
- IFFHS CONCACAF 2011-2020 oʻn yillikning eng yaxshi ayol futbolchisi[102]
- IFFHS 2011—2020-yillardagi oʻn yillikning eng yaxshi ayollar jamoasi[103]
- IFFHS KONKAKAF 2011–2020 oʻn yillikning eng yaxshi ayol jamoasi[104]
Jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amerika Qoʻshma Shtatlari
- Algarve kubogi : 2007, 2008, 2010, 2011, 2013, 2015
- KONKAKAF ayollar chempionati : 2014, 2018
- KONKAKAF ayollar olimpiya saralash turniri : 2008, 2012, 2016[105] 2020[106]
- Olimpiya oltin medali : 2008, 2012[107]
- Olimpiya bronza medali : 2021[56]
- FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati : 2015, 2019[108]
Ikkinchi oʻrin: 2011[109] - SheBelieves kubogi : 2016[110] 2018[111] 2020[112] 2021
- Millatlararo turnir : 2018
Manchester City
- Ayollar oʻrtasidagi Angliya kubogi : 2016–17[113]
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lloyd turmush oʻrtogʻi, golfchi Brayan Xollins bilan Nyu-Jersi shtatidagi Mount Laurel shahrida yashaydi[114]. Ular 2016-yilning 4-noyabrida Puerto-Morelosda (Meksika) turmush qurishgan[115].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Women's Olympic Football Tournament Tokyo 2020 Squad Lists“. FIFA.
- ↑ „Carli Lloyd Soccer“. Qaraldi: 11-yanvar 2018-yil.
- ↑ „FIFA Football Awards 2016 – Voting Results“. FIFA. 10-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2017-yil.
- ↑ 4,0 4,1 „USWNT star Carli Lloyd announces retirement: 'A true legend'“ (inglizcha). The Athletic. Qaraldi: 16-avgust 2021-yil.
- ↑ Shields. „Top 10 Richest Female Soccer Players Ever“. Casino.org. Casino.org (13-mart 2021-yil). Qaraldi: 13-mart 2021-yil.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „Lloyd, Solo and Sasic lead the way“. FIFA (6-iyul 2015-yil). 7-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2016-yil.
- ↑ „How Carli Lloyd Became A Soccer Star 'When Nobody Was Watching'“. NPR (29-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 29-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Sports Briefing“. The New York Times (15-mart 2007-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2009-yil.
- ↑ „Carli Lloyd Interview“. Women's Soccer United. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ 10,0 10,1 Narducci. „Carli Lloyd: A Bear Necessity Delran's Junior Midfielder Is At The Controls.“. Philadelphia Daily News (17-sentabr 1999-yil). Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ Narducci. „Just for Kicks“. South Jersey Magazine (2007-yil iyul). Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ „When Giants Stadium baptism sparked Lloyd's dreams“. FIFA.com (4-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 24-fevral 2019-yil.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 „Carli Lloyd“. United States Soccer Federation. 6-noyabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2009-yil.
- ↑ Turner. „Believing in Hope, U.S. team's Lloyd helps smooth soccer path to Beijing“. Sun News (30-iyul 2008-yil). Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ „Beat Sign Carli Lloyd“. Our Sports Central (12-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ Exter. „Rutgers legend Carli Lloyd disappointed by school's plight, says it will bounce back“. The Trentonian (9-iyun 2013-yil). 30-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ „About Carli“. CarliLloyd.com. 16-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
- ↑ „All-American Carli Lloyd Inducted into Rutgers Hall of Distinguished Alumni“. Rutgers University (28-yanvar 2013-yil). 29-oktyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ Lai. „Carli Lloyd, utility chief join Rutgers alumni hall“. Philadelphia Inquirer (26-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ „W-League's World Cup Impact“. USL Soccer. 29-oktyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2012-yil.
- ↑ „Developmental Pyramid“. New Jersey Wild Cats. 15-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2012-yil.
- ↑ „Chicago Red Stars sign Carli Lloyd and Lindsay Tarpley“. Women Talk Sports. 29-oktyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2012-yil.
- ↑ „Carli Lloyd“. Soccerway. Qaraldi: 30-may 2018-yil.
- ↑ „Chicago Red Stars vs. Boston Breakers 4 – 0“. Soccerway. Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ „Chicago Red Stars vs. Los Angeles Sol 3 – 1“. Soccerway. Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ „2009 WPS Season“. Soccerway. Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ Hays. „NWSL allocation easier said than done“. ESPN (11-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ „Western New York Flash vs. Kansas City 2 – 1“. Soccerway. Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ „Sky Blue vs. Western New York Flash 0 – 3“. Soccerway. Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ „Western New York Flash vs. Washington Spirit 4 – 0“. Soccerway. Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ „Player of the Week: Carli Lloyd“. National Women's Soccer League (2-iyul 2013-yil). 29-oktyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ Basquil. „NWSL Player of the Week: Carli Lloyd“. ESPN. Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ „Houston Dash acquire USWNT midfielder Carli Lloyd from Western New York Flash“. Houston Dynamo (16-oktyabr 2014-yil). 18-oktyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktyabr 2014-yil.
- ↑ Oatway. „Man City Women Sign Carli Lloyd“. mancity.com. Manchester City official website. 16-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2017-yil.
- ↑ Duncker. „Man City Women Sign Carli Lloyd“. Trinity Mirror (5-iyun 2017-yil). Qaraldi: 23-oktyabr 2017-yil.
- ↑ „WSL 1 Spring Series: Carli Lloyd sent off as Man City Women & Chelsea Ladies win“. BBC Sport. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
- ↑ Roepken. „Dash trade Carli Lloyd and Janine Beckie, acquire Christen Press“. Houston Chronicle (18-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2018-yil.
- ↑ „Carli Lloyd goal gives Sky Blue first win of the season, 1–0 over Pride“ (8-sentabr 2018-yil). 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-sentabr 2018-yil.
- ↑ 39,0 39,1 „Carli Lloyd“. United States Soccer Federation. 6-noyabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2009-yil."Carli Lloyd".
- ↑ Hays. „Lloyd showcases her skill in earning MVP nod“. ESPN (14-mart 2007-yil). 31-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2013-yil.
- ↑ „Carli Lloyd Leads U.S. Women Past Finland, 1–0, at 2007 Algarve Cup“. U.S. Soccer Federation (9-mart 2007-yil). 10-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2013-yil.
- ↑ „A Goal to Remember“. U.S. Soccer Federation (16-iyul 2012-yil). 10-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2013-yil.
- ↑ „Carli Lloyd“. United States Soccer Federation. 6-noyabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2009-yil."Carli Lloyd".
- ↑ „Heather O'Reilly, Megan Rapinoe, Carli Lloyd score for U.S.“. ESPN (2-iyul 2011-yil). Qaraldi: 22-fevral 2014-yil.
- ↑ „Japan vs USA“. FIFA (17-iyul 2011-yil). 19-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „U.S. Women Upset by Mexico 2–1 at CONCACAF Women's World Cup Qualifying Tournament“. U.S. Soccer Federation (5-noyabr 2010-yil). 1-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-fevral 2014-yil.
- ↑ „U.S. Women's National Team Wins Group B at 2012 CONCACAF Women's Olympic Qualifying with 4–0 Victory Against Mexico“. U.S. Soccer. 27-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ellis Names U.S. Roster for 2015 FIFA Women's World Cup Team“. United States Soccer Federation (14-aprel 2015-yil). Qaraldi: 6-iyul 2015-yil.
- ↑ „Lloyd Lives up to Reputation with Clutch Game-Winning Goal on 200th Cap“. U.S. Soccer (29-iyun 2015-yil).
- ↑ „Carli Lloyd, USA's rock of ages“. FIFA (1-iyul 2015-yil). 2-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2015-yil.
- ↑ „The U.S. roars into World Cup final with fierce win over Germany“. For The Win (2015-yil iyul). Qaraldi: 6-iyul 2015-yil.
- ↑ „U.S. captain Lloyd hits hat-trick in 16 minutes into World Cup final“. Reuters (5-iyul 2015-yil). 24-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2015-yil.
- ↑ „World Cup 2019: USWNT star Carli Lloyd sets tournament record with goal in sixth consecutive game“. CBS Sports. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
- ↑ „USWNT legend Lloyd earns landmark 300th cap against Sweden“. Goal.com (10-aprel 2021-yil).
- ↑ „Lloyd becomes US women's oldest scorer“ (inglizcha). BBC Sport. Qaraldi: 14-iyun 2021-yil.
- ↑ 56,0 56,1 Armour. „USWNT gets its bronze medal as Carli Lloyd, Megan Rapinoe each score twice in likely international finale“. USA Today (5-avgust 2021-yil).
- ↑ „U.S. Women's National Team Legend Carli Lloyd Announces Retirement“ (inglizcha). www.ussoccer.com. Qaraldi: 16-avgust 2021-yil.
- ↑ „U.S. Women Defeat Chinese Taipei, 10–0, Behind Wambach's Hat-trick“. U.S. Soccer. 13-oktyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „U.S. Women Defeat China, 2–1, to Open 2007 Algarve Cup“. U.S. Soccer. 24-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Carli Lloyd Leads U.S. Women Past Finland, 1–0, at 2007 Algarve Cup“. U.S. Soccer. 10-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „U.S. Women Defeat Sweden, 3–2, to Advance to 2007 Algarve Cup Title Game“. U.S. Soccer. 24-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „USA Defeats Denmark, 2–0, to Claim 2007 Algarve Cup Title“. U.S. Soccer. 24-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „U.S. Women Defeat Norway, 1–0, in Connecticut“. U.S. Soccer. 25-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „U.S. Women Defeat New Zealand, 6–1, at Soldier Field; Carli Lloyd and Abby Wambach Score Two Goals Each; One Match Left Before 2007 FIFA Women's World Cup in China“. U.S. Soccer. 9-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „U.S. Women Defeat Mexico, 5–1, at Edward Jones Dome in St. Louis in First of Three Matches to End 2007 Schedule“. U.S. Soccer. 25-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „U.S. WNT Gets Win Over Mexico in Portland“. U.S. Soccer. 25-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „U.S. Women Defeat China, 4–0, To Open 2008 Algarve Cup“. U.S. Soccer. 13-oktyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „U.S. Women Defeat Jamaica, 6–0, to Open Olympic Qualifying; Wambach Scores Twice at USA is Through to Semi-finals“. U.S. Soccer. 26-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „U.S. Women's National Team Downs Canada in Penalty Kick Shootout to Win 2008 CONCACAF Women's Olympic Qualifying“. U.S. Soccer. 18-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Dramatic 91st Minute Game-Winner From Carli Lloyd“. U.S. Soccer. 25-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „U.S. Women's National Team Dominates Canada 6–0 at RFK Stadium as Natasha Kai Scores First Career Hat Trick“. U.S. Soccer. 25-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „U.S. Women's National Team Tops Norway, 4–0, Behind Four Different Scorers“. U.S.Soccer. 24-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „U.S. Women Defeat Sweden 1–0 in Sweden“. U.S. Soccer. 26-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „U.S. Women Charge Back with 1–0 Victory vs. Japan in Second Match of Olympics“. U.S. Soccer. 25-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „U.S. Women Win Olympic Gold Medal as Carli Lloyd Scores Game-Winner in 1–0 Overtime Thriller Against Brazil“. U.S. Soccer. 25-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Lloyd, Wambach and Cheney Score As U.S. Women Win 2010 Algarve Cup With 3–2 Victory Against Germany“. U.S. Soccer. 10-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Abby Wambach returns to U.S. team“. ESPN. Associated Press (10-fevral 2011-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2013-yil.
- ↑ Narducci. „Delran's Carli Lloyd wins top soccer award The Olympic star was named 2008 Female Athlete of the Year. It's a first for her.“. Philadelphia Daily News (19-dekabr 2008-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2013-yil.
- ↑ „Women's shortlists for FIFA Ballon d'Or Gala 2012 revealed“. FIFA (25-oktyabr 2012-yil). 10-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2013-yil.
- ↑ „FIFA Women's World Player of the Year: 2015“. FIFA. 25-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr 2015-yil.
- ↑ 81,0 81,1 „FIFA Football Awards 2016 – Voting Results“. FIFA. 10-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2017-yil.
- ↑ Edwards. „Puksas Award finalists: Somehow absent is USWNT's Carli Lloyd“. NBC Sports (30-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 11-dekabr 2015-yil.
- ↑ „NWSL Player of the Week: Carli Lloyd“. ESPN (3-iyul 2013-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2013-yil.
- ↑ „Carli Lloyd Voted NWSL Player of the Week“. National Women's Soccer League (1-iyul 2014-yil). 2-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Dash's Carli Lloyd Voted NWSL Player of the Month“. National Women's Soccer League (3-avgust 2015-yil). 22-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr 2015-yil.
- ↑ „NWSL ANNOUNCES 2014 BEST XI“. 23-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2015-yil.
- ↑ „NATIONAL WOMEN'S SOCCER LEAGUE ANNOUNCES 2015 BEST XI – National Women's Soccer League“. nwslsoccer.com. 25-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-sentabr 2015-yil.
- ↑ „2018 NWSL Best XI and Second XI announced“. Nwslsoccer.com. Qaraldi: 20-sentabr 2018-yil.
- ↑ 89,0 89,1 „Javier Hernandez and Carli Lloyd Named 2015 CONCACAF Players of the Year“. concacaf.com (22-yanvar 2016-yil). 19-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2016-yil.
- ↑ „Canada 2015 Technical Report published, All-Star Squad announced“. FIFA. 19-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2016-yil.
- ↑ „2015 FIFA Women's World Cup Dream Team“. FIFA. 2-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2016-yil.
- ↑ „Lloyd adds Goal of the Tournament to her haul“. FIFA. 14-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2015-yil.
- ↑ „2015 Sportswoman of the Year Team Sport Award: Carli Lloyd“. Women's Sports Foundation (20-oktyabr 2015-yil). 22-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr 2015-yil.
- ↑ Politi. „Carli Lloyd is an easy choice for Sports Illustrated's Sportswoman of the Year“. The Star-Ledger (13-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 11-dekabr 2015-yil.
- ↑ „THE WORLD'S BEST WOMAN PLAYMAKER 2015“. IFFHS (5-yanvar 2016-yil). 9-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2016-yil.
- ↑ „Messi, Lloyd, Luis Enrique and Ellis triumph at FIFA Ballon d'Or 2015“. FIFA (11-yanvar 2016-yil). 12-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2016-yil.
- ↑ Thomas Floyd. „Lloyd named FIFA Women's World Player of the Year“. Goal.com (11-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2016-yil.
- ↑ Orsatti. „First Women's World XI revealed – FIFPro World Players' Union“. 28-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-fevral 2017-yil.
- ↑ Beaard. „Las mejores futbolistas: el Once Mundial – FIFPro World Players' Union“. 28-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2017-yil.
- ↑ „2020-2021 Women's FIFA FIFPRO World 11 Revealded“ (inglizcha). FIFPRO (17-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2022-yil.
- ↑ „List of 2016 ESPYS Nominees“. ESPN MediaZone. 20-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2016-yil.
- ↑ „IFFHS BEST WOMAN PLAYER - CONCACAF - OF THE DECADE 2011-2020“. IFFHS (5-fevral 2021-yil).
- ↑ „IFFHS WORLD'S WOMAN TEAM OF THE DECADE 2011-2020“. IFFHS (25-yanvar 2021-yil).
- ↑ „IFFHS WOMAN TEAM - CONCACAF - OF THE DECADE 2011-2020“. IFFHS (29-yanvar 2021-yil).
- ↑ „WNT Defeats Canada 2–0 to Claim 2016 Olympic Qualifying Title“. U.S. Soccer (21-fevral 2016-yil).
- ↑ „U.S. Women's National Team Wins 2020 CONCACAF Women's Olympic Qualifying Tournament with 3-0 Victory Over Canada“. U.S. Soccer (9-fevral 2020-yil).
- ↑ Goyanes. „U.S. Women's Soccer Star Carli Lloyd's 17-Year Plan to Become the World's Greatest Athlete“. Shape (2-noyabr 2015-yil). 28-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Lloyd-inspired USA crowned in style“. 7-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2015-yil.
- ↑ Bennett. „Carli Lloyd: 5 Fast Facts You Need to Know“. Heavy (30-iyun 2015-yil). Qaraldi: 11-dekabr 2015-yil.
- ↑ „USA Defeats Germany 2–1 to Win 2016 SheBelieves Cup“. U.S. Soccer (9-mart 2016-yil).
- ↑ „WNT Wins 2018 SheBelieves Cup With 1–0 Victory vs. England“ (7-mart 2018-yil).
- ↑ „USA Wins 2020 SheBelieves Cup With 3-1 Victory vs. Japan“. U.S. Soccer (11-mart 2020-yil).
- ↑ Philips. „Birmingham City Ladies 1–4 Manchester City Women“. BBC Sport (13-may 2017-yil). Qaraldi: 23-may 2018-yil.
- ↑ Hefler. „U.S. women's soccer team star Carli Lloyd returns to home turf in Lumberton after winning gold medal at Olympics“. Philadelphia Inquirer (15-avgust 2012-yil). Qaraldi: 26-oktyabr 2013-yil.
- ↑ Spears. „Carli Lloyd Marries Brian Hollins in Intimate Beach Wedding in Mexico“. theknotnews.com (4-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2016-yil.