Kontent qismiga oʻtish

Byudjet tekshiruvlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Byudjet tekshiruvlari — oilalar byudjetini statistik usudda tadqiq etish. Byudjet tekshiruvlari natijasida oilalarning daromadlari va daromad manbalari, ularning oʻz daromad mablagʻlarini qanday maqsadlarda va qanday miqdorda sarflashlari haqida, oilalarning uy-joy va madaniy maishiy buyumlar bilan qanday taʼminlanganligi toʻgʻrisida, oila aʼzolarining tarkibi, mashgʻuloti va maʼlumoti haqida axborotlar olinadi. Byudjet tekshiruvlari bilan Oʻzbekistonda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi shugʻullanadi. Byudjet tekshiruvlari da oila byudjeti haqida tekshirilayotgan oilalardan soʻrov va anketa toʻldirish yoʻli bilan maʼlumotlar toʻplanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil