Borna Sosa
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Borna Sosa | ||
Tavallud sanasi | 21-yanvar 1998-yil | ||
Tavallud joyi | Zagreb, Xorvatiya | ||
Boʻyi | 1.87 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | VfB Stuttgart | ||
Raqami | 24 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2005—2015 | Dinamo Zagreb | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2015—2018 | Dinamo Zagreb | 32 | (0) |
2015—2017 | → Dinamo Zagreb II | 11 | (0) |
2018- | VfB Stuttgart | 86 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2012 | Xorvatiya U14 | 2 | (0) |
2013 | Xorvatiya U15 | 2 | (0) |
2013—2014 | Xorvatiya U16 | 3 | (0) |
2013—2015 | Xorvatiya U17 | 21 | (1) |
2015 | Xorvatiya U18 | 2 | (0) |
2016—2017 | Xorvatiya U19 | 7 | (0) |
2017—2020 | Xorvatiya U21 | 19 | (0) |
2021- | Xorvatiya | 8 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (15-oktyabr uchun) |
Borna Sosa (talaffuzi: Borna Sosa[1][2]) (1998-yil 21-yanvarda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Bundesliganing VfB Stutgart klubi va Xorvatiya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dinamo Zagreb
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sosa Zagrebda tugʻilgan[3][4]. U faoliyatini mahalliy Zagreb jamoasida boshlagan[5]. 2016-yil 10-may kuni u Xorvatiya kubogi finalida toʻliq 90 daqiqa oʻynagan[6]. Sosa Yevropadagi debyutini 2016-yilning 12-iyulida, Chempionlar Ligasi ikkinchi saralash bosqichida Skopyeda „Vardar“ qarshi oʻyinda oʻtkazgan[7]. „Dinamo“da toʻrt mavsum davomida Sosa oʻz shahri jamoasi safida 41 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan[8].
VfB Stutgart
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning 14-may kuni Borna Sosa VfB Stutgart bilan besh yillik shartnoma imzolagan, bu esa unga 1-iyul kuni Stutgartga oʻtish imkonini bergan[9]. Sosa 26-avgust kuni „Mainz“ga 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvning 84-daqiqasida Emiliano Insua oʻrniga maydonga tushgan holda debyut oʻyinini oʻtkazgan[8][10]. Biroq, tez-tez jarohatlar tufayli, Sosaning „Stutgart“ bilan birinchi mavsumida oʻyinlari kam boʻlgan, bu esa klubni Bundesliga 2ga tushib ketishiga sabab boʻlgan[11]. Jarohatlar uning ikkinchi mavsumida ham davom etgan, natijada Sosa oʻzining dastlabki ikki mavsumida „Stutgart“ tarkibida atigi 24 ta oʻyinda maydonga tushgan[8]. 2019-yil 16-dekabrda u „Darmstadt“ bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda „Stutgart“ safidagi debyut golini kiritgan[12].
2021/2022-yilgi mavsum boshida, 7-avgust kuni Sosa birinchi marta „Stutgart“ sardori sifatida maydonga tushgan, DFB-Pokal oʻyinida Berlinning „Dinamo“ siga qarshi gol urgan[13]. Yetti kundan soʻng, Bundesliganing birinchi oʻyinida Sosa Mark-Oliver Kempf va Hamadi Al-Gaddiuiga golli uzatmani amalga oshirib jamoasining gʻalabasiga hissa qoʻshgan[14].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sosa Xorvatiyani 2015-yilgi UEFA U-17 Yevro va 2015 FIFA U-17 Jahon chempionatida himoya qilgan. 2018-yilning may oyida u Zlatko Dalichning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan JCh-2018 uchun dastlabki 32 kishilik roʻyxatiga kiritilgan[15], ammo soʻngi tarkibdan tushib qolgan[16]. U Nenad Grachanning UEFA U-21 Yevro-2019 va Igor Bishchanning UEFA U-21 Yevro-2021 uchun terma jamoasiga kiritilgan[17][18]. Biroq, u tizzasidan olgan jarohati maydonga tusha olmagan[19].
2021-yil 7-may kuni Sportske novosti va Sky Sport nashrlarining xabar berishicha, Sosa Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov tashabbusi bilan Berlinda tugʻilib oʻsgan onasi Vesna orqali Germaniya fuqaroligini olgan[20][21]. Bir kun oʻtib, 8-may kuni Sosaning oʻzi bu maʼlumotni 24sata nashriga bergan intervyusida tasdiqlagan[22]. Biroq 11-may kuni Germaniya futbol assotsiatsiyasining texnik direktori Oliver Bierxoff FIFA qoidalariga koʻra Sosa Germaniya terma jamoasida oʻynay olmasligini eʼlon qilgan[23][24]. Ikki kundan soʻng, 13-may kuni Sosa Federatsiya sayti orqali Xorvatiya jamoatchiligi, Xorvatiya terma jamoasi muxlislari va Xorvatiya futbol federatsiyasidan rasman uzr soʻragan[25].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Dinamo Zagreb | 2014—2015 | Prva HNL | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
2015—2016 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | ||
2016—2017 | 8 | 0 | 3 | 0 | 3 | 0 | 14 | 0 | ||
2017—2018 | 21 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 23 | 0 | ||
Jami | 32 | 0 | 6 | 0 | 3 | 0 | 41 | 0 | ||
Dinamo Zagreb II | 2015—2016 | Druga HNL | 6 | 0 | — | — | 6 | 0 | ||
2016—2017 | 5 | 0 | — | — | 5 | 0 | ||||
Jami | 11 | 0 | — | — | 11 | 0 | ||||
VfB Stuttgart | 2018—2019 | Bundesliga | 12 | 0 | 0 | 0 | — | 12 | 0 | |
2019—2020 | 2. Bundesliga | 12 | 1 | 1 | 0 | — | 13 | 1 | ||
2020—2021 | Bundesliga | 26 | 0 | 2 | 0 | — | 28 | 0 | ||
2021—2022 | 28 | 1 | 2 | 1 | — | 30 | 2 | |||
2022—2023 | 8 | 0 | 0 | 0 | — | 8 | 0 | |||
Jami | 86 | 2 | 5 | 1 | — | 91 | 3 | |||
Karyerada jami | 129 | 2 | 11 | 1 | 3 | 0 | 143 | 3 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Xorvatiya | 2021 | 5 | 0 |
2022 | 3 | 1 | |
Jami | 8 | 1 |
Yoʻq. | Sana | Joy | Qopqoq | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2022-yil 22-sentyabr | Stadion Maksimir, Zagreb, Xorvatiya | 7 | Daniya | 1 — 0 | 2-1 | 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi A |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „bòriti se“ (xorvatcha). Hrvatski jezični portal. — „Bȏrna“. Qaraldi: 12-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Sòfija1“ (xorvatcha). Hrvatski jezični portal. — „Sósa“. Qaraldi: 12-dekabr 2020-yil.
- ↑ Bevanda. „Prezime dolazi iz Argentine, a Bornini korijeni iz Hercegovine“ (xorvatcha). 24sata (9-mart 2015-yil). 2018-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2021-yil.
- ↑ „Borna Sosa - Dinamov wunderkind podrijetlom iz Posušja“ (hr-BA). Posusje.net (9-mart 2015-yil). 2017-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2021-yil.
- ↑ „Dinamo Zagreb vs. NK Zagreb – 7 March 2015 – Soccerway“. soccerway.com. Qaraldi: 14-iyun 2015-yil.
- ↑ „Borna Sosa: Who is VfB Stuttgart’s ʻleft-footed’ David Beckham aiming for Germany honours?“ (inglizcha). Bundesliga (10-may 2021-yil). 2021-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2021-yil.
- ↑ Junaci. „Borna Sosa: Bilo je treme kad sam ulazio“ (xorvatcha). Večernji list (15-iyul 2016-yil). 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2021-yil.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 „Borna Sosa: Who is VfB Stuttgart’s ʻleft-footed’ David Beckham aiming for Germany honours?“ (inglizcha). Bundesliga (10-may 2021-yil). 2021-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2021-yil.
- ↑ „New signings for the coming season“. VfB Stuttgart (14-may 2018-yil). Qaraldi: 14-may 2018-yil.
- ↑ Ćubel. „Sosa debitirao za Stuttgart, Barišić i Santini asistirali, Ohandza strijelac“ (xorvatcha). Goal.com (26-avgust 2018-yil). 2018-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2021-yil.
- ↑ Olivari. „BIO JE U NEMILOSTI TRENERA, PRIČALO SE I O ODLASKU, A SADA JE POSTAO DIO UDARNE MOMČADI Bivši dinamovac: 'Nadam se da bih mogao postati tajno oružje'“ (hr-hr). Sportske novosti (28-iyul 2019-yil). 2020-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2021-yil.
- ↑ M. J. „Pogledajte prvijenac Borne Sose kojim je donio bod Stuttgartu“ (xorvatcha). Index.hr (17-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 11-may 2021-yil.
- ↑ Kižlin. „Borna Sosa na početku sezone dobio kapetansku traku i zabio gol, Joško Gvardiol ostao na klupi“ (hr-hr). Sportske novosti (7-avgust 2021-yil). 2021-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
- ↑ „Borna Sosa je u uvjerljivoj pobjedi Stuttgarta nad Greuther Fürthom upisao čak tri asistencije“ (xorvatcha). Telesport (14-avgust 2021-yil). 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust 2021-yil.
- ↑ Crawford. „Revealed: Every World Cup 2018 squad - Final 23-man lists“. Goal (2018-yil 4-iyun).
- ↑ „Head coach Dalić presents 24-man Croatia squad“. hns-cff.hr. Croatian Football Federation (21-may 2018-yil). Qaraldi: 21-may 2018-yil.
- ↑ Škrlec. „[FOTO Mladi hrvatski reprezentativac, koji sjajno igra u Bundesligi, najavio je velike stvari na Euru te odgovorio na pitanje: Jesam li ga udario namjerno...“] (xorvatcha). Tportal.hr (11-dekabr 2020-yil). 2020-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2021-yil.
- ↑ „Bišćan komentirao svoj popis za Euro: Imam senzaciju i jako bolni izostanak“ (xorvatcha). Index.hr (10-mart 2021-yil). Qaraldi: 10-mart 2021-yil.
- ↑ Tironi. „Težak udarac za Bišćana: Mini 'vatreni' otputovali na Euro, Sosa je otpao zbog ozljede!“ (xorvatcha). 24sata (22-mart 2021-yil). 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-may 2021-yil.
- ↑ Ničota. „Apsolutna senzacija: Hrvatska ostaje bez Borne Sose, već je dobio državljanstvo, igrat će za Njemačku!?“ (hr-hr). Sportske novosti (7-may 2021-yil). 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-may 2021-yil.
- ↑ Bielefeld. „DFB News: Borna Sosa neue EM-Option für Joachim Löw“ (olmoncha). Sky Sport (7-may 2021-yil). 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-may 2021-yil.
- ↑ Tironi. „Borna Sosa za 24sata: Sve je gotovo, igrat ću za Njemačku!“ (xorvatcha). 24sata (8-may 2021-yil). 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2021-yil.
- ↑ „Gotovo je, Nijemci definitivno odustali od Sose! Legenda poručila: ʻŽelimo mu sve najbolje u budućnostiʻ“ (hr-hr). Sportske novosti (11-may 2021-yil). 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2021-yil.
- ↑ „Bierhoff: "Sosi želim sve najbolje u budućnosti, ali ne može igrati za Njemačku"“ (xorvatcha). Gol.hr (11-may 2021-yil). 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2021-yil.
- ↑ Sosa. „"Snosit ću odgovornost za pogrešnu odluku"“ (xorvatcha). Hrvatski nogometni savez (13-may 2021-yil). Qaraldi: 13-may 2021-yil.