Bochka
Qiyofa
Bochka — 1) samolyotda uchishning murakkab usuli. Oʻz uchish yoʻnalishini saqlagan holda samolyotni boʻylama oʻqi atrofida qanoti bilan toʻliq aylantirib, dastlabki holatiga qaytarishdan iborat. Bu usul uchuvchidan katta mahorat talab qiladi; 2) qad. rus suyuqlik hajmi oʻlchov birligi. Qiymati 40 paqir (491,96 l) ga teng boʻlgan; 3) kemalarning prichaldan narida toʻxtab turishi uchun oʻrnatiladigan metall qalqovuch. Suv tubidagi gruntda yotgan zalvar yakor (changak) bilan bogʻliq boʻlgan zanjir (bridel) B.ni tutib turadi; 4) suyuqlik (suv, yogʻ, pivo va boshqalar) solib qoʻyiladigan dumaloq idish. Yogʻoch, metall, plastmassadan yasaladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |