Kontent qismiga oʻtish

Ariozo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ariozo (ital. arioso – ariyaga oʻxshash) – 1) erkin shaklda yaratilgan kichik ariya. Koʻpincha operalarning rechitativli sahnalari oʻrtasi (yoki oxiri)da foydalaniladi. A. Kozlovskiyning „Ulugʻbek“ operasidagi Ulugʻbek va Chol, M. Yusupovning „Xorazm qoʻshigʻi“ operasidagi Diddor, R. Hamroyevning „Zulmatdan ziyo“ operasidagi Gulnor Ariozolari; 2) vokal va cholgʻu musiqasida kichik shaklli lirik, vazmin sur’atli asar. S. Yudakovning „Muborakbod“ kantatasidagi „Ona Axi“ va boshqa; 3) tabiatan kuychan ijro uslubi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil