Antroposofiya
Qiyofa
Antroposofiya (antropo … va yun. sophia — donishmandlik) — xudo oʻrnida ilohiylashtirilgan odamga eʼtiqod qilishni targʻib etuvchi taʼlimot. 20-asr maʼnaviy hayotida paydo boʻlgan bu taʼlimotga nemis olimi R. Shteyner (1861 — 1925) asos soldi. Odamni ilohiylashtirgan A. uch olam: oliy — ruhiy, oʻrta — avstral (energiya), quyi — tabiiy (materiya) olam bor, deb qaraydi. 1913-yilda „Umumiy antroposofik ja-miyat“ deb atalgan tashkilot tuzilgan. Bu jamiyatning turli mamlakatlarda 47 mingdan ziyod aʼzosi boʻlgan. A. gʻoyalari soʻnggi paytlarda pedagogikada (Valdorf mak-tablari), sanʼatda (evritmiya), tibbiyotda (shu jumladan farmatsevtikada), qishloq xoʻjaligida namoyon boʻla boshladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |