Antitezis
Qiyofa
Antitezis (yunoncha: antithesis — te-zisga zid) — mantiqda, xususan, isbot-lash nazariyasida dastlabki asosiy fik-rga zid bayon qilingan mulohaza. A.da teskari fikr toʻgʻri deb faraz qilinadi va isbotlashda qoʻllanadi (qarang Isbot). Falsafada A. dialektik taraqqiyot ja-rayonining muayyan bir bosqichi, avvalgi asosiy holatning (tezisning) oʻz-oʻzidan inkor etilishi. Ammo A. mutlaq inkor emas, balki u tezisning maʼlum bir to-monini inkor etib, uning ijobiy maz-munini oʻzida saqlaydi va taraqqiyotni yuqoriroq bosqichga koʻtaradi. Bu bosqich inkorni inkor yoki sintez deb ataladi. A. uch bosqichli rivojlanish (triada)ning tarkibiy qismi sifatida birinchi marta Gegel tomonidan talqin qilingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |