Anatoliy Avtonomov
Anatoliy Avtonomov | |
---|---|
Tavalludi |
24-fevral 1898-yil Ivanovo |
Vafoti |
27-aprel 1968-yil (70 yoshda) Toshkent, OʻzSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Sohasi | Biologiya |
Ish joylari | Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi instituti |
Taʼlimi | Ivanovo politexnika instituti |
Mashhur ishlari | SSSRda paxtachilik fanining asoschisi |
Mukofotlari |
Anatoliy Ivanovich Avtonomov (1898.24.2, Ivanovo-Voznesensk – 1968. 27.4, Toshkent) – seleksiyachi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1952), professor (1955), Oʻzbekistoda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944). Ivanovo politexnika instituti tugatgan (1925). Turkiston seleksiya stansiyasi filiali mudiri (Bayramali shahri, 1925—1930). Butunittifoq paxtachilik institutining Markaziy seleksiya stansiyasida sektor mudiri (1930—1955), Toshkent Qishloq xoʻjaligi instituti paxtachilik kafedrasi mudiri (1946—1968). Avtonomov 35-1, 35-2 ingichka tolali gʻoʻza navlari, Si-Aylend tipidagi navlar muallifi, yovvoyi peru gʻoʻzasidan foydalanib, fuzarioz viltga chidamli, koʻsaklari yirik ingichka tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi usuliyatini ishlab chiqqan va shu asosda bir qancha gʻoʻza navlarini yaratgan[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anatoliy Avtonomov Ivanovodagi Bolshaya Ivanovo manufakturasi direktori oilasida tugʻilgan. Ivanovo-Voznesensk politexnika institutining qishloq xoʻjaligi fakultetini bitirgan[2]. 1924-yildan Toshkentdagi Turkiston naslchilik stansiyasida ishlagan. 1926—1933-yillarda Turkmaniston SSR Bayramali naslchilik stansiyasini boshqargan. 1933—1955-yillarda Paxta seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan[2].
1951—1958-yillarda – Toshkent qishloq xoʻjalik instituti prorektori, 1950-yildan – kafedra mudiri[2].
1968-yil 27-aprelda vafot etgan. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan[2].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Katta oʻgʻli Aleksandr Anatolyevich Avtonomov (21.08.1926 – 1976) – fan doktori, professor, paxta seleksioneri.
- Ikkinchi oʻgʻli, Anatoliy Anatolyevich Avtonomov, 1938-yilda tugʻilgan – qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti dotsenti, 2001-yilda vafot etgan.
- Uchinchi oʻgʻli Vadim Anatolyevich Avtonomov, 1942-yilda tugʻilgan – qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati. Paxtaning S – 6524, Namangan – 77 i 88, Surxon – 9 navlarini yaratgan. 2000-yilda vafot etgan.
- Nevaralari Viktor Aleksandrovich Avtonomov – professor, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori.
- Vadim Anatolyevich Avtonomov – dotsent, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi[3].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avtonomov gʻoʻzasining tolasining uzunligi 47—50 mm boʻlgan Si-Aylend tipidagi paxta navini yaratgan[2]. Bu nav paxtaning Misr navi asosida yaratilgan boʻlib, aslidan koʻra ertapisharroq va unumdorroq. Yovvoyi peru gʻoʻzasidan foydalanib, fuzarioz viltga chidamli, koʻsaklari yirik ingichka tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi usuliyatini ishlab chiqqan va shu asosda bir qancha gʻoʻza navlarini yaratgan
U genetiklar, seleksiyachilar va urugʻchilarning dastlabki yirik ilmiy maktablaridan birini yaratdi. Uning rahbarligida 47 nafar fan nomzodi va doktori oʻz faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi. Ular orasida akademik S. X. Yoʻldoshev, S. S. Sodiqov, D. A. Musayev kabi jahonga mashhur olimlar bor.
Ixtirochi sifatida oʻzi yetishtirgan va ishlab chiqarishga joriy etgan ingichka tolali paxta navlariga yettita mualliflik guvohnomasi boʻlgan[4].
Jamoat arbobi sifatida OʻzSSR Oliy Soveti 2-chaqiriq deputati etib saylangan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ilm-fan boʻyicha II darajali Stalin mukofoti – Misr paxtasining yuqori hosilli va ertapishar navlarini ishlab chiqqanligi uchun (1943-yil);
- Lenin ordeni – ikki marta (1956 va 1959);
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni – ikki marta;
- Qizil Yulduz ordeni;
- SSSR medallari;
- Oʻzbekistoda xizmat koʻrsatgan fan arbobi.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Seleksiya tonkovoloknistix sortov xlopchatnika v Oʻzbekistane, T., 1973.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Автономов Анатолий Иванович“ (ru). tashkentpamyat.ru. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.
- ↑ „ВАВИЛОВСКИЕ ЧТЕНИЯ – 2017“ (PDF). Сборник статей Международной научно-практической конференции, посвященной 130-й годовщине со дня рождения академика Н.И. Вавилова (ruscha). 12-bet. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- 24-fevralda tugʻilganlar
- 1898-yilda tugʻilganlar
- Ivanovoda tugʻilganlar
- 27-aprelda vafot etganlar
- 1968-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Lenin ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzoslari
- SSSR oʻqituvchilari
- Oʻzbekiston oʻqituvchilari
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arboblari
- Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari