Al Kashkandiy
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kechki o'rta asrning eng mashhur adiblaridan biri misrlik al-Kalkashandiy (13551418) edi. Uning ijodi o'z davri uchun juda xos bo'lgan bir qator yarim ilmiy, yarim badiiy mazmundagi asarlarning muallifi bo'lgan. Uning asosiy asari «Ijodkorlik san'atida yaxshi ko'rmaydiganlar uchun bilimlar chirog'i» kotiblarga mo'ljallangan bo'lib, o'z davrining ma'lumotli amaldori bilishi zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarga ega edi. Unda adabiyot tarixiga oid ma'lumotlar, yozuvchilik hunari bo'yicha ko'rsatmalar, diplomatik yozishmalarga oid qoidalar, muhim tarixiy va siyosiy ma'lumotlar, shuningdek epistolyar janrning eng yaxshi namunalari keltirilgan edi.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Kalkashandiy asarlarining uslubi atayin murakkablashtirilgan bo'lib, ular ritorik figuralar, kalamburlar va shu kabilarga to'lib to'shgan. Kechki o'rta asr adabiyotida arablar yashaydigan viloyatlarda (ayniqsa, Misrda) maishiy va fantastik novellalar keng tarqaldi. Ular ko'p jihatlari bilan ilk uyg'onish davri Italiya novellalarini, shuningdek xalq «badiiy jihatdan zaif (lubochniy)» romanlarini eslatardi. Ularning asosida tarixiy shaxsning haqiqiy taqdiri yoki muhim tarixiy voqea yotardi. Aynan kechki o'rta asr davrida «Ming bir kecha» nomli mashhur to'plam oxirgi ko'rinishga ega bo'ldi, Antara haqidagi risarlik romanining oxirgi varianti hamda ko'plab qahramonlik qasidalari shakllandi, ular arab mamlakatlarida (ayniqsa Misrda) keyingi asrlarda nihoyatda mashhur bo'lib ketdi. Ko'pincha xalq romanlari deb ataluvchi ushbu qahramonlik qasidalari professional hikoyachilar muhaddislar tomonidan she'riy qismlari musiqa asbobi jo'rligida aytish bilan kechgan va og'zaki berib kelingan. Xalq romanlari biz uchun katta madaniy-tarixiy qiziqish uyg'otadi.
Og'zaki hikoya qilish an'anasi arab mamlakatlarida eng so'nggi vaqtlargacha saqlanib qolgan va hatto, kitob bosishning tarqalishi ham uning yo'q bo'lishiga olib kelmagan. Yuqorida eslab o'tilgan «Ming bir kecha» va «Antaraning hayoti» bilan bir qatorda, Qohira aholisi orasida afsonaviy va yarimafsonaviy jangchilar hamda shonli arab qabilalarining qahramonliklari tasvirlangan ko'plab epopeyalar (Abu Zayd, Bey bars, Zul Ximma, Sayf ibn zi-Yazoniyning «Hayotlar») shuhrat qozongan edi. Ushbu eppopeyalarning hajmi shunchalik kattaki, uni aytuvchilar ulardan biriga «ixtisoslashganlar» va odatda qat'iy belgilangan dasturni ijro qilganlar. Bu adabiyotlarning barini purist tilshunoslar vulgar deb qoralaydilar.[1]
- ↑ Ziyavuddinova M. Mumtoz arab adabiyoti, 2011.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |