Accidental Occidental
Muallif(lar) | Lajos Bokros |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | iqtisod |
Nashriyot | Markaziy Yevropa universiteti nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2012 |
Sahifalar soni | 204 |
ISBN | ISBN 978-6155225246 |
„Accidental Occidental“ („Tasodifiy Gʻarb“), toʻliq nomi: „Accidental Occidental: Economics and Culture of Transition in Mitteleuropa, the Baltic and the Balkan Area“ („Tasodifiy Gʻarb: Markaziy Yevropa, Boltiq hamda Bolqon hududlarida oʻtish iqtisodi va madaniyati“) — mojar iqtisodchisi va siyosatchisi Lajos Bokros qalamiga mansub markaziy rejalashtirish iqtisodidan bozor iqtisodiyotiga oʻtish boʻyicha kitob. Asarda oʻtishning toʻqqiz elementi, xususan, biznes sektorini liberallashtirish, makroiqtisodiy stabillashtirish, xususiylashtirish, moliyaviy sektor, shirkatlarni islohot qilish, moliyaviy sektorlarni boshqarishni oʻzgartirish, ommaviy finansni boshqarish, shahar/hududiy hukumatlar hamda yuridik islohotlar koʻrib chiqilgan. Kitob 2012-yil Budapesht shahrida Markaziy Yevropa universiteti nashriyoti tomonidan chop etilgan.
Boʻlimlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kommunizm yigirmanchi asrdagi iqtisodiy va ijtimoiy tuzum sifatida
- Markzaiy hamda Sharqiy Yevropada bozor va demokratiyaga oʻtish
- Yigirma birinchi asrga oʻtish
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Accidental Occidental“ Markaziy Yevropa universiteti nashriyoti saytida (Wayback Machine saytida 2017-01-12 sanasida arxivlangan) (ingl.)