Abik
Abik — Abxaziya xalqining tilchali puflama cholgʻu asbobi[1]. Abxaziya nayi, uni tilchali sibizgʻa nay deb ham atashadi.
Uchi biroz egilgan uzun yogʻoch nay[2] — lapina va mayda yongʻoq poʻstlogʻidan yasalgan shox koʻrinishida boʻlib, konussimon shaklga ega. Abik — signalli cholgʻu asbobi hisoblanadi[3].
Asbobni qayta tiklash ishlari Abxaziya xalq artisti Otar Georgievich Xunsariya[4] tomonidan amalga oshirilgan.
Marosimlar madaniyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abik — kelib chiqishi nuqtai nazaridan qadimgi abxaz xalq cholgʻu asbobi hisoblanadi[5]. Uning uzoqlargacha yetib boradigan fanfara tovushi yordamida harbiy signallar eʼlon qilingan. Keyinchalik ushbu cholgʻu asbobini chalish yordamida odamlarni bayramlarga chorlay boshladilar[6].
Ayni vaqtda abik nayi unutilib ketgan, lekin guvohlarning yodga olishlaricha, u 19-asrning 2-yarmida soʻnggi abxaz shahzodasi Mixail (Axmut Bey) Chachba (Shervashidze) saroyida koʻzga tashlangan va chalingan. Bu signalli cholgʻu asbobi boʻlib, uning uzoqlarga yetib boruvchi fanfara sadosi yordamida harbiy signallar eʼlon qilingan, odamlar jamoat yigʻinlari, dala ishlariga chaqirilgan. Abik diniy maqsadlarda ham qoʻllangan. Ruhoniylar uning sadolari yordamida ibodat vaqti yaqinlashib kelayotganini atrofdagilarga bildirishgan.
Sh. D. Inal-ipa xalq yigʻinlarining ahamiyatini „Abxazlar“ monografiyasida shunday taʼriflaydi:
- Jamoatchilik munosabatlarini tartibga solishda mahalla hayotining eng muhim masalalari hal etiladigan, adolat qaror topadigan xalq yigʻinlari alohida ahamiyatga ega edi. Zarurat paydo boʻlgan holatda xalq yigʻinlari „abik“ deb nomlangan surnay sadosi yordamida chaqirilgan. Har bir qishloq aholisi ishtirokida kundalik, xoʻjalik va boshqa masalalarni muhokama qilish uchun xalq yigʻinlari oʻtkazib turilgan. Bu katta yoshli erkaklar uchrashuvi boʻlib, ayollar odatda ularda ishtirok etishmagan. Yigʻilishlardagi eng muhim rol oqsoqollar — nufuzli va tajribali keksalarga tegishli boʻlgan, ammo ularning qoʻlida allaqanday hokimiyat boʻlmagan. Odamlar yigʻinlarga sulolasi yoki otasining ismini aytib tashrif buyurhgan"[7]
Instrumental guruhlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zamonaviy Abxaziyada abik yordamida kompozitsiyalar ijro etuvchi koʻplab xalq cholgʻu ansambllari mavjud. Abik vositasida xalq cholgʻu orkestrlari, jumladan koʻpchilik yaxshi bilgan „Gunda“ ansambli tomonidan kuylar ijro etiladi[8][9].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xashba I. M. Abxaz xalq cholgʻu asboblari Ikkinchi nashr Suxumi: „Alashara“, 1979 240 b. 1500 tiraj.
- Xashba I. M. Abxazlarning musiqiy madaniyatidan // Zamonaviy Abxaz qishlogʻi: Etnografik insholar. 1967-yil.
- Zelnitskaya R. Sh. Djgerda qishlogʻi misolida Abjuy Abxaziyadagi ijtimoiy munosabatlarning oʻzgarishi (19-asr oʻrtalari — 21-asr boshlari). Mutaxassisligi: 07.00.07 — etnografiya, etnologiya va antropologiya Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya Ilmiy rahbar: tarix fanlari nomzodi Botyakov Yuriy Mixaylovich Sankt-Peterburg 2017-yil.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Народные музыкальные инструменты Абхазии“. abhazia.pro. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.
- ↑ Виталий Шария. „Абхазская память о махаджирах“ (ru). Эхо Кавказа (май 22, 2018). Qaraldi: 2021-yil 4-may.
- ↑ „"Голоса" абхазских инструментов“ (ru). Sputnik Абхазия. Qaraldi: 2021-yil 4-may.
- ↑ „Лента новостей - Абхазская государственная филармония им.Раждена Гумба“. philarmonic-ra.ucoz.com. Qaraldi: 2021-yil 4-may.
- ↑ Super User. „История одного экспоната. Абыкь“ (ru-ru). mkra.org. 2021-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-may.
- ↑ Елена Заводская. „Абхазия присоединилась к «Ночи музеев»“ (ru). Эхо Кавказа (май 19, 2015). Qaraldi: 2021-yil 4-may.
- ↑ Инал-ипа Ш.Д.. Абхазы.. Сухум: Алашара, 1965 — 411-412-bet.
- ↑ „"Сестры нартов" отметили юбилей: 40 лет ансамблю "Гунда"“ (ru). Sputnik Абхазия (2017-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.
- ↑ {{{заглавие}}}.[sayt ishlamaydi]