Anoreksiya
Anoreksiya (yun. an — inkor qoʻshimchasi va orexis — ishtaha) — ishtahaning yoʻqolishi, ishtahadan qolish. Bosh miyadagi ovqat markazining tormozlanishidan kelib chiqadi. Tur-li hayajonlarda bosh miyaning haddan tashqari qoʻzgʻalishi, ruhiy hamda endo-krin xastaliklar (mas, Simmonds kasal-ligi), yuqumli kasalliklar, intoksika-siyalar, moddalar almashinuvining buzi-lishi, hazm aʼzolarining kasalliklari (oʻtkir gastrit, surunkali gastritning zoʻriqishi, meʼda raki, sanchiklar va boshqalar), ovqatni muntazam bir vaqtda yemaslik, uning koʻngilga urishi, shuningdek ovqat vaqtidagi noxush vaziyat bosh miyadagi ovqat markazining tormozlanishiga sa-bab boʻladi. A. biror kasallik belgisi (simptomatik A.) yoki asosiy kasallik (anorexia nervosa) boʻlishi mumkin. A. uzoqdavom etganda organizmni quvvatdan ketkazib, turli kasalliklarga moyil qilib qoʻyadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |