Kontent qismiga oʻtish

Timopoetin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Timopoietin (inglizcha: thymopoietin) – ayrisimon bez hujayralarida sintezlanadigan gormon hisoblanib, CD90 differentsiatsiya klasterining T-limfotsitlarining differentsiatsiyasini nazorat qilishda ishtirok etadi. Timopoietin genining pre-mRNKsi 3 xil mRNK va shunga mos ravishda oqsilning 3 xil shakli – 75 kDa (alfa shakli), 51 kDa (beta shakli) va 39 kDa (gamma shakli) hosil qiladi, ular barcha hujayralarda ifodalanadi. Insonning timopoietin geni 12-xromosomada (12q22 mintaqasi) joylashgan va 8ta ekzondan iborat[1].

Oqsilning alfa-shakli limfotsitlar yadrosida, beta va gamma shakllari esa yadro membranasida joylashgan.

  1. „Entrez Gene: TMPO thymopoietin“. 2021-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan.