Kontent qismiga oʻtish

Umurtqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Umurtqa, umurtqalar — odam va umurtqali hayvonlar umurtqa pogonasini tashkil etadigan kalta gʻovak suyaklar. Odamda U. tana, ravoq va oʻsiqlardan iborat. U. 33—34 boʻlib, bulardan 7 tasi boʻyin, 12 tasi koʻkrak, 5 tasi bel, 5 tasi dumgʻaza va 4—5 tasi dum U.sidir. Dumgʻaza va dum U.lari keyinchalik (kishi 17—25 yoshga yetganda) oʻzaro birlashib, bitta suyakni hosil qiladi. U. ravoklarining birlashishidan vujudga kelgan kanalda orqa miya, U. atrofida esa muskullar joylashgan. Umurtqalarning oʻzaro qoʻshilishidan umurtqa pogʻonasi tashkil topadi.

Manbalar