Olma
Olma (lotincha: Malus) — raʼnodoshlar oilasiga mansub, barg toʻkuvchi daraxtlar yoki butalar turkumi; urugʻli meva daraxti. Shimoliy va janubiy yarim sharning moʻtadil mintaqalarida olmaning 25— 30 turi, jumladan, Sharqiy Osiyo, Oʻrta Osiyo va Kavkazda 10 xil turi tarqalgan. Ekiladigan mevali daraxtlar orasida maydoni jihatidan birinchi oʻrinda turadi. Yalpi olma hosili boʻyicha AQSH (4,8 mln. t), Xitoy (22,01 mln. t) oldingi oʻrinlarda turadi (1999). Jahon boʻyicha yalpi hosili 60,2 mln. t ni tashkil etadi (1999). Oʻzbekistonda —0,4 mln. t. AQSH, Chili, Xitoy, Rossiya, Eron, Turkiya, Fransiya, Italiya mamlakatlarida olmazorlar katta maydonlarni egallaydi. Shuningdek Oʻzbekistonda 2017—2019-yillarda uzumni keyingi eng koʻp yetishtirilgan meva hisoblanadi.[1] Oʻzbekistonda 8 turi yovvoyi holda uchraydi (qarang yovvoyi olma). Dunyo boʻyicha yetishtiriladigan navlarining asosiy qismi xonaki olma turiga kiradi. Past boʻyli olma turiga kiradigan dusen va paradizkadan mevachilikda payvandtag sifatida foydalaniladi. Olma sovuqqa chidamli, yorugʻsevar va namsevar, tuproq tanlamaydi, lekin unumdor tuproqlarda yuqori hosil beradi. Olma daraxti boʻyi 15 m gacha boradi. Yaponiyada oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, qishda ekilgan „Fuji“ olmalari mart oyining oxirida ildiz oʻsishi kuzatilgan.[2] Oʻzbekistonda olma aprel oyida gullaydi. Guli 5 boʻlakli, gultojibargi oq, pushti, ayrimlari qizil. Mevasi, naviga qarab, iyun— oktabrda pishadi. Bir dona mevasi vazni 15 g dan 400 g gacha boradi. Tarkibida (%) fruktoza 6,5—11,8, saxaroza 2,5—5,5, organik (olma va limon) kislotalar 0,2— 1,6, vitamin S 5-30 mg, pektin, oshlovchi moddalar va boshqa mavjud. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi, konserva, murabbo, jem qilinadi. Olma urugʻidan hamda payvandlash, parxish qilish yoʻli bilan ildiz bachkilaridan koʻpaytiriladi. Hosildorligi 130—300 s/ga. Daraxti 100 yilgacha yashaydi. Odatda, bogʻga oʻtqazilganidan keyin 4 yil oʻtgach, hosilga kiradi. 40—50 yil moʻl hosil beradi. Koʻchati kuzda va bahorda 30—60 sm chuqurlikda haydalgan yerga ekiladi. Koʻchat oʻtqaziladigan chuqurga 5-6 kg chirigan goʻng, 150 g ammiakli selitra, 200 g superfosfat tuproqqa aralashtirib solinadi. Koʻchatlar 8×8m, 8x6 m, past boʻyli payvandtaglarga ulanganlari 4x6 m, 3X5 m, 4x4 m sxemada ekiladi. Yosh daraxtlar 8—12-marta, hosilga kirganlari 4—6-marta sugʻoriladi, tup va qator oralari yumshatib turiladi. Hosilga kirgan olmazor gektariga har uch yilda 20—40 t chirigan goʻng va har yili sof holda 120 kg azot, 60-90 kg fosfor, 30 kg kaliy hisobidan oʻgʻitlanadi. Daraxtlar har yili kuzda va bahorda butaladi (qarang butash, daraxtlarga shakl berish). Oʻrta Osiyoda ekiladigan olma navlari kelib chiqishi boʻyicha quyidagi guruhlarga boʻlinadi: xalq seleksiyasi yoʻli bilan yetishtirilgan Oʻrta Osiyo mahalliy navlari — oq olma, qizil olma, Samarqand olmasi, Namangan olmasi, achchiq olma, qimizak olma, Xorazm olmalari guruhi va boshqa olma
Olma | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Olma daraxti (Malus domestica) | ||||||||||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||
| ||||||||||||||||
Malus domestica |
ning mahalliy navlari Oʻzbekistonning tuproqqiklim sharoitiga moslashgan, issiqqa, sovuqqa chidamli. Mevasi shirin, ertapishar; Gʻarbiy Yevropa, Amerika, AQSH navlari — Rozmarin, Mantuaner, Starkrimson, Skarlet, Parmen. Vaynsep va Golden Delishes, Delishes, Jonatan, Borovinka; Ukraina navi — Renet Simerenko; Qrim navlariq kandil, sari sinapo (Olmaning bu guruh navlari Oʻzbekistonga dastlaXIX 9-asr 2-yarmidan boshlab, Oʻrta Osiyoni Rossiya bosib olgandan keyin, ruslar tomonidan, soʻngrXX 0-asrning 20-yillaridan boshlab Oʻzbekistondagi ilmiy tadqiqot muassasalari tavsiyasi bilan kl-tirilgan). Shreder nomidagb Bogʻdorchilik, uzumchilik v a vinochilik ilmiy tadqiqot instituti seleksionerlari yetishtirgan yangi navlar — Samarqand aʼlosi; Afrosiyoi, — hosildor, Toshkent borovinkasi, Mehmoniy, Tilla olma, Nafis va boshqb Bu navlar hosildor, mevasi mahalliy sharoitga moslashgan, koʻrinishi chiroyli, mazali; sovuqqa va issiqqa chidamli.
Olma Malus domestica turiga mansub mevali daraxt va uning mevasidir.
Manbalar
tahrir- ↑ (PDF) APPLES AND ITS WATER REQUIREMENTS: SOME WATER RETENTION SUBSTANCES. Available from: https://www.researchgate.net/publication/353296322_APPLES_AND_ITS_WATER_REQUIREMENTS_SOME_WATER_RETENTION_SUBSTANCES [accessed Nov 16 2021].
- ↑ Alisher Botirov and Osamu Arakawa (2021). Root Growth Changes in the Winter Planting of Young 'Miyabi Fuji' Apple Trees International Journal of Horticultural Science and Technology Vol. 8, No. 3, pp. 227-233 10.22059/IJHST.2021.315746.428
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |