Kontent qismiga oʻtish

vujud

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

vu-jud

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

\a. •ij^-j borlik, mavjudlik; gavda, jism

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Kishining butun borligʻi, joni-tani; aʼzoyi badan.◆  Xoʻjabekov boʻm-boʻsh koʻchada yakka oʻzi. Butun vujudi asabiy titraydi. S. Anorboyev, „Oqsoy“ .◆  Ota dom-daraksiz ketgan yolgʻiz oʻgʻli Razzoqni eslab, butun vujudida allaqanday bir holsizlik sezdi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ . U◆  qop-qora, qotma, vujudi pay bir yigit boʻlib, aftidan yoshini chamalash qiyin edi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

Butun vujudi bilan Bor (tamomi) imkoniyati, diqqat-eʼtiborini ishga solib. ◆ Mana shu baxtiyor kunlarni xalqimiz oʻzining qoni bilan, joni bilan, butun vujudi bilan himoya qilgan. E. Raimov, „Ajab qishloq“ .◆  Ustoz gaplarini tushunib olish uchun butun vujudim bilan tinglardim. N. Safarov, „Olovli izlar“ . ◆ Saidqosim oʻrinbosarlik ishiga butun vujudi bilan kirishdi. "Oʻzbekiston qoʻriqlari" .

2 koʻchma Odam, shaxe, zot. [◆ Otabek:] -Sizmi, Kumush? — debsoʻradi. [Kumush:] -Men, men! — Bu savol-javob ila ikki vujudning hamma hasrapiari, alamlari bir-birlariga anglashilgan.. edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

3 Umuman, jonli va jonsiz narsalar-ning borligʻi, jismi.◆  Jamiki mavjudot-ning vujudida ham tebranma harakatni koʻramiz. "Fan va turmush" .

Vujudga kelmoq Dunyoga kelmoq, yuzaga kelmoq, yaralmoq.◆  Uning [Botiralining] hisobicha, shu poyonsiz toʻqayning oʻzida bir necha yangi qishloq vujudga kelishi mumkin. H. Gʻulom, „Mashʼal“ .◆  Non qanchadan-qancha ki-shilarning halol mehnati bilan vujudga keladi. Gazetadan .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ВУЖУД. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

vujud
1 существо, весь организм; человек; ◆ uni butun vujudim bilan yomon koʻraman всем своим существом я ненавижу его;
2 тело; ◆ bir onda vujudini titroq bosdi в один миг дрожь охватила всё её тело;
3 существование; ◆ vujudga kelmoq появляться, возникать; осуществляться; ◆ vujudga keltirmoq (или chiqarmoq) осуществлять, создавать (что-л.).