Kontent qismiga oʻtish

vaziyat

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

va-zi-yat

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

\a. lj — mavqe, holat

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Biror narsaning fazoda egallab turgan holati, oʻzini tutgan holati (boshqa narsalarga nisbatan).◆  Nuqtaning vaziyatini aniqlash. yam ◆ Oy oʻzining Yer atrofidagi harakatida Kuyoshga nisbatan turli vaziyatlarni olib turganligidan Oyning koʻrinishi oʻzgaradi. "Astronomiya" .

2 Kishining tashqi koʻrinish, ruhiy va b. jihatdagi holati; qiyofa, avzo.◆  Har xil vaziyat va turli kayfiyatda oʻtirgan kishi-larning son-sanogʻi yoʻq. A. Qahhor, „Sarob“ .◆  Tan-tiboyvachcha magʻrur va mamnun bir vaziyat oldi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .◆  Oʻsha quvnoq vaziyatini oʻzgartirmay qoʻshib qoʻydi: Oyogʻin-gizogʻrimayaptimi? S. Karomatov, „Oltin qum“ . ◆ Temur ham oʻychan vaziyatda, kulmay-netmay javob berdi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .

3 Tutgan oʻrin, mavqe, nufuz.◆  Odamlar ustidan xususiy mulk hukmron boʻlgan, kishining jamiyatdagi vaziyati, salmogʻi, huquqi, obroʻsi uning mulki bilan oʻlchana-digan bir zamonda inson bolasi ota-onasidan bemahal ajralar ekan, unga bundan ogʻir kulfat yoʻq. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .

4 Jamiyatdagi, hayotdagi sharoit, holat. ◆ Ogʻir vaziyat. Jiddiy vaziyat. Siyosiy vaziyat. Xalqaro vaziyat. Vaziyatni tushun-tirmoq. n Men uning har qanday vaziyatda ham oʻzini tuta bilishiga.. qoyil qolardim. Men hatto borib, vaziyatni bilib kelmoqchi ham boʻlgan edim. S. Karomatov, „Oltin qum“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Holat, Mavqe

Antonimlari

[tahrirlash]

ВАЗИЯТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

vaziyat
1 положение, местонахождение, позиция; ◆ Oyning Quyoshga nisbatan vaziyati положение Луны по отношению к Солнцу;
2 положение, состояние;
3 обстановка, ситуация, обстоятельства;
4 поза; ◆ u vaziyatini ham oʻzgartirmadi он даже не изменил позы.