uy
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]uy
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]UY ’yashashga, ishlashga xizmat qiladigan qurilma’, ’bino’, ’xona'. Bu voqea oʻrtogʻimning u y i d a sodir boʻlgan edi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot öy tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, I, 513), oʻsha davrlardayoq üy tarzida ham talaffuz qilin-gan (ДС, 513), oʻzbek tilida ü unlisining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: öy > üy > uy.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Yashash uchun yoki turli tashkilot, muassasa va shu kabilar joylashishi uchun moʻljallangan bino. ◆ Uch xonali uy. Besh qavatli uy. ◆ Baʼzan koʻrinar koʻzga Shohona uylar koʻrkam. Gʻayratiy . ◆ Faqat kanal emas, balki toʻgʻonlar, shlyuzlar, temir-beton uylar ham bir yoʻla va birdaniga qurilayotganga oʻxshaydi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ .
2 Yashash uchun moʻljallangan bino ichidagi har bir xona. ◆ Bu bino uch uy va bir ayvondan iborat. Yorugʻ uy. Keng uy .◆ Uylarda, ayvonlarda xotinlar koʻp edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Ochiq eshikdan esgan shamol uy ichida Sabogulning sochlarini toʻzgʻitdi. S. Karomatov, „Oltin qum“ .
3 Biror ijtimoiy talabni qondirishga qaratilgan muassasa. ◆ Mehribonlik uyi. Dam olish uyi. Madaniyat uyi. a ◆ Quyoshning aksida koʻrinar yaqqol Maʼrifat uyiga tashlangan qadam. Gʻayratiy .
4 Biror oila yoki xonadon oʻrnashgan bino va shu binoga taalluqli yer; hovli. ◆ Qizlik uyga qirq ot boylanar. Maqol . ◆ Uylar, koʻchalar qulf urib gullagan daraxtlar orasiga shoʻngʻigan. Guldasta . ◆ Bogʻkoʻcha tamom boʻlganidan keyin brigadirning uyidan oʻtishga toʻgʻri keladi. Oʻ. Usmonov, „Sirli sohil“ .
5 Oila; xonadon. ◆ Qirquy quda boʻlsa, qirq yil qirgʻin boʻlmas. Maqol . ◆ Yomon arava yoʻl buzar, Yomon kishi uy buzar. Maqol . n ◆ Farzand — uy obodligi, Kelajak niholidir! Yo. Mirzo . ◆ Uydagilar mening havoyiroq boʻlib qolganimni bilishadi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .
- Uy ichi Oila aʼzolari. ◆ [Xolisxon.] Uy ichlarimiz qalay, barisi tirikmi? Hamza, „Paranji sirlari“ . Uyi buzilmoq Er-xotinning ajralganligi, oilasi barbod boʻlganligini bildiradi. Uyi kuymoq Xonavayron boʻlmoq. ◆ ..unda mening uyim kuyadi-ku, axir. K. Yashin, „Hamza“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]kulba, chayla, qasr, koshona, boshpana, panohgoʻy
Antonimlari
[tahrirlash]УЙ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]- Turar joy — yashash maskani, boshpana joy, uy-joy binolari. Oila istiqomat qiladigan uy, oilaning maishiy hayoti oʻtadigan muhit. T.j. ibtidoiy davrlardayoq taom tayyorlash, libos kiyish qatorida paydo boʻlgan. T.j.lar meʼmorliqsa eng koʻp tarqalgan inshoot turi boʻlib, boshqa turdagi inshootlarning shakllanishi va rivojlanishini koʻp jihatdan belgilab bergan.
Ot
[tahrirlash]uy (koʻplik uylar)
Tillar
[tahrirlash]- Chexcha: dům
- Olmoncha: Haus
- Inglizcha: house
- Italyancha: casa
- Islandcha: hús
- Mojarcha: ház
- Niderlandcha: huis
- Polyakcha: dom
- Portugalcha: casa
- Turkcha: ev
- Xalajcha: häv
- Yoqutcha: дьиэ
- Chuvashcha: ҫурт
Ruscha ru
uy
1 дом, жилище, жильё; квартира; // домашний, жилищный; квартирный; ◆ muyilishdagi uy угловой дом; ◆ gʻishtin uy кирпичный дом; ◆ uy ishi домашняя работа; ◆ uy vazifasi (или topshirigʻi) домашнее задание; ◆ uydagi gap koʻchaga (или bozorga) toʻgʻri kelmas посл. домашняя прикидка для улицы (или для базара) не годится; ◆ uy quyoni кролик; ◆ uy hayvonlari домашние животные; ◆ hozir uy-uylaringga marsh! сейчас все марш по домам!; ◆ uyda ishlamoq работать дома, работать на дому; ◆ uy-joy 1) жилище, жильё; квартира; дом; 2) жилищный; ◆ uy-joy fondi жилищный фонд; ◆ uy-joy qilmoq 1) устраивать (себе) жилище, жильё; 2) перен. обзаводиться семьей; ◆ uy-roʻzgʻor ishlari домашняя работа, работа по хозяйству; ◆ uy-ruzgʻor egasi хозяин дома, домохозяин; ◆ uy-roʻzgʻorli boʻlmoq обзаводиться семьей, домом, хозяйством; ◆ uyma-uy yurmoq ходить по домам;
2 комната; помещение; ◆ yorugʻ uy светлая комната; светлое помещение; ◆ polli uy комната с деревянным полом; ◆ uy ichi 1) внутренность комнаты; помещения: 2) перен. семья, семейство;
3 перен. дом (культурно-бытовое учреждение); ◆ bolalar uyi детский дом, детдом; ◆ bolalarni badiiy tarbiyalash uyi дом художественного воспитания детей; ◆ dam olish uyi дом отдыха; ◆ madaniyat uyi дом культуры; ◆ pionerlar uyi дом пионеров;
4 семья, семейство; хозяйство; дом с надворными постройками; ◆ uy ichi члены семейства; yomon arava yoʻl buzar, yomon kishi uy buzar посл. плохая телега портит дорогу, плохой человек рушит семью; qizlik uyiga qirq ot boylogʻliq посл. у дома девушки (невесты) привязано сорок коней (принадлежащих сватам).